Apple narxni oshirmoqda: hozircha Rossiyada

  •   Saroy
  •  532
  •  31.10.2018 10:36

Apple narxni oshirmoqda: hozircha Rossiyada

Ikkinchi taqdimotidan keyin Apple nafaqat o‘zining internet-do‘konini yangi mahsulotlar bilan boyitdi, balki qolgan mahsulotlarining narxini ham oshirdi.

Narx ko‘tarilishi yangi iPhone — XS modelining taqdimoti bilan birgalikda boshlangan edi. Boshqa mamlakatlarda narx o‘tgan yilgi X’ning narxida turibdi, biroq Rossiyada u qimmatlashdi. Endi kompyuterlar va planshetlar taxminan 10 foizga qimmatlashgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, kompaniya mamlakatda kursning hamda qo‘shimcha qiymat solig‘ining oshishi sababli shunday yo‘l tutgan.

O‘QING: Apple eng qimmat MacBook Pro’ni ataylab sekinlashtirayotgani fosh etildi! (+video)

Masalan, o‘tgan yilgi  MacBook Pro 13’ning  tachbarsizi va 128 GBlisi kechagi taqdimotgacha 65 ming rubl turardi, endi esa Apple saytida u 110 ming rubl deb yozib qo‘yilgan. Asosiy tachbarli MacBook Pro 13 modeli  145 mingdan 153 ming rublgacha oshirilgan.

Qolgan kompyuterlar va iPad Pro 10,5 ham qimmatlashgan. Ammo eng ko‘p qimmatlashgani iMac Pro'da kuzatildi. Uning eng kam narxi  43 ming rublga qimmat!

Kuzatuvchilarning fikricha, Apple mahsulotlarini Rossiyada qimmatlashtirdimi, ushbu amalyot boshqa mamlakatlarda ham qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: Apple MacBook Pro Touch Bar’ni yangiladi: yadrosi ham ko‘paydi, xotirasi ham ortdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!