Apple’ning 2017 yilgi ayfonlariga oid sir fosh bo‘ldi

Apple’ning 2017 yilgi ayfonlariga oid sir fosh bo‘ldi

Apple 2017 yilda iPhone turkumiga kiruvchi smartfonlarini dizayn jihatdan tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Bu to‘g‘rida Xitoyning KGI Securities marketing kompaniyasi tahlilchisi Min-Chi Kuo xabar tarqatgan. Uning fikrlariga ko‘ra, keyingi yildan ayfon displeylari AMOLED texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi.

Mobil sanoat bozorida taniqli hisoblangan ekspertning ma’lum qilishicha, Apple ayni kunda qurilmalar korpusi uchun ishlatiladigan xomashyo ustida izlanish olib bormoqda. Hozircha kelajakda shisha qobiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Plastikda yupqa va yengillik bilan, keramikada esa texnik muammolar kelib chiqish ehtimoli yuqori.

2017 yildan ayfonlar shishali qayishqoq korpus hamda pastga tomon qayrilma displeylarga ega bo‘ladi. Janob Kuoning aytishicha, kelajak smartfonlarining iPhone 4 kabi orqa va old panellari shishadan, chekkalari metalldan ishlanadi. Ekran hoshiyasi bo‘ylab nafis ramka mazkur ayfonlarga o‘zgacha uslub bag‘ishlaydi.

Tahlilchi 2017 yilda Apple 5,8 dyuymli AMOLED displeyli ayfonni taqdim etadi. Mazkur gadjetning korpusi uning ekrani bilan o‘ralgan bo‘ladi. Uning “belbog‘” ekranlaridan tashqari, asosiy ekrani 5,5 dyuymli bo‘ladi.

Ularni  dok-stansiya bilan 2-3 metr radiusli masofadan uzoqda ushlab ham simsiz quvvatlash mumkin bo‘ladi.

2017 yilgi ayfonlar o‘z egasini uning biometrik ma’lumotlaridan kelib chiqib, taniy boshlaydi. Bu ko‘z yoki yuz haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Agar Min-Chi Kuo bergan ma’lumotlar rost bo‘lsa, kompaniya mazkur o‘zgarishlarning ilk bosqichini 2016 yilda amalga oshiradi.

KGI Securities analitigi “ayfonshunos” ekspertlar orasida taniqli bo‘lib, aynan Min-Chi Kuo 2015 yildayoq yaqinda taqdim etilgan iPhone SE’ning  A9 protsessori va 2 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishini,  iPhone 6s’ning  korpusi kosmik sanoatda ishlatilinadigan 7000 seriya alyuminiy metallidan ishlab chiqarilishini, unda 3D Touch texnologiyasi joriy qilinishini va boshqa bashoratlarni oldindan aytib bergan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!