Apple’ning 2018 yilgi eng ommabop mahsuloti e’lon qilindi – bu smartfon, planshet yo kompyuter emas...

  •   DiMaX
  •  1306
  •  06.12.2018 19:09

Apple’ning 2018 yilgi eng ommabop mahsuloti e’lon qilindi – bu smartfon, planshet yo kompyuter emas...

Bu yil kupertinolik texnogigant o‘zining deyarli barcha turkumlardagi gadjetlarini yangiladi. Biroq eng ommalashgan Apple qurilmasi 2016 yilda taqdim etilgan mitti mahsuloti bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Apple’ning keyingi ikki yildagi eng xaridorgir gadjetlari aniqlandi – bu iPhone ham, iPad ham emas

Apple olamining eng mashhur va ishonchli tahlilchisi Min-Chi Kuo o‘zining hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2018 yili butun dunyo bo‘ylab AirPods simsiz quloqchini misli ko‘rilmagan darajada ommalashib ketgan.

Lekin hali buyam hammasi emas: Kuo prognoziga ko‘ra, bu aksessuar 2019 yili yanada ko‘proq yoyiladi. Zero, Apple ushbu mahsulotiga e’tiborni kuchaytirmoqda va uning ikkinchi avlodi ham tez orada taqdim etiladi.

O‘QING: Apple sir tutayotgan yangi gadjetni taqdimotdan avval «jonli» tomosha qiling!

Shuningdek, tahlilchining ta’kidlashicha, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ommaviy tarzda butkul simsiz quloqchinlar ishlab chiqishga o‘tishadi. Bu o‘ziga xos trendga aylanadi, deydi Min-Chi Kuo.

Mazkur fikrga qo‘shilmay iloj yo‘q – ayrim kompaniyalar allaqachon AirPods’ga raqib bo‘luvchi shunday quloqchinlar tayyorlay boshlagani haqida ko‘plab xabarlar berganmiz. Ular orasida Xiaomi, MEIZU va Huawei kabi xitoylik smartfonsozlar yetakchilik qilayotir.

Darvoqe, bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda turli ishlab chiqaruvchilarning ayrim rusumlardagi quloqchinlarini 132 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumin.

O‘QING: Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi