Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

  •   DiMaX
  •  3305
  •  23.11.2018 15:09

Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

iPhone foydalanuvchilari undagi «sun’iy ong»ga asoslangan Siri ovozli yordamchisidan u-bu narsalarni so‘rab turishadi. Ammo bu «aqlli» yordamchi juda katta miqyosda «qovun tushirib» qo‘ydi...

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Gapning qisqasi, AQSh prezidenti Donald Trampning yoshini inglizchalab so‘ragan iPhone foydalanuvchilariga javoban Siri u haqidagi qisqa ma’lumot bilan birga... erkaklik a’zosi suratini ko‘rsata boshlagan!

Aniqlanishicha, bunga internetdagi erkin ensiklopediya – Wikipedia sababchi ekan. Bilasizki, uni internet foydalanuvchilari tahrir etib, maqola joylashlari va mavjudlarini tahrirlashlari mumkin. Bundan foydalanib qolgan bezorilar esa Donald Trampning portreti o‘rniga o‘sha rasmni joylab qo‘yishgan.

Siri esa ma’lumotlarni aynan Wikipedia’dan oladi; shu tariqa, aynan prezident haqidagi savolga javob olinadigan sahifaga haligi surat joylangan bo‘lgach...

Ayni damda Wikipedia’dagi o‘sha sahifa allaqachon to‘g‘rilab qo‘yilgan, kiber-bezori qo‘lga olingan va Siri ham bu borada «adashib» ketmayapti. Ammo bungacha butun dunyo bo‘ylab millionlab kishilar ushbu mojarodan xabar topib, ko‘pchiligi amalda guvoh bo‘lib ham ulgurishdi.

O‘QING: Tramp Samsung'ga qarshi urush ochdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!