Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

  •   DiMaX
  •  1801
  •  04.05.2019 17:00

Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Kupertinolik korporatsiya mahsulotlari deganda, birinchi o‘rinda iPhone esga keladi, ammo uning boshqa gadjetlari ommaboproq ekan. Ularning sotilishi bo‘yicha Above Avalon tahlil kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari ham buni isbotlab turibdi.

O‘QING: Trillionga navbatdagi sakrash: Apple yana eng qimmat kompaniyaga aylandi

Natijalar halol va ob’yektiv bo‘lishi uchun, Above Avalon ekspertlari gadjetlarni baholashga o‘zgacha yondashuvni amalga oshirishdi. Ya’ni, har bir devaysning savdosi boshlaganidan keyingi ikki yil mobaynidagi sotilish ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

Mana, tadqiqot natijalari quyidagi grafikda aks etgan:

Ko‘rib turganingizdek, Apple mahsulotlari orasida sotilish bo‘yicha mutlaq yetakchilik iPad planshetlariga tegishli ekan. Mutaxassislarning fikricha, bunda iPad Pro professional planshetlari, shuningdek hamyonbop iPad (2017) hamda iPad (2018) versiyalarining o‘rni katta.

O‘QING: AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni AirPods quloqchinlari hamda iPhone smartfonlari o‘zaro bo‘lishib olishgan. Bir so‘z bilan aytganda, Apple quloqchinlari ommaboplikda uning smartfonlarini quvib yetgan.

Garchi yuqoridagi grafikda – Apple mahsulotlari kesimida olib qaraganda past ko‘rsatkichlar namoyon etgan bo‘lsa-da, Apple Watch smart-soatlari va iPod’lar ham yaxshi sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple planshetlari, smart-soatlari, quloqchinlari va smartfonlari tegishli kafolati bilan savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da iPhone’lar ham arzonlashdi – narxlar bilan tanishing! (2019 yil 30 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!