Apple’ning hali taqdim etilmagan beshta yangi mahsulotini iOS kodi «sotib qo‘ydi»

  •   DiMaX
  •  951
  •  06.02.2019 17:20

Apple’ning hali taqdim etilmagan beshta yangi mahsulotini iOS kodi «sotib qo‘ydi»

Kuperttinolik korporatsiya kecha iOS 12.2 beta talqinidagi operatsion tizimini sinovchi dasturchilar uchun taqdim qildi. Uni o‘rganib chiqqan dasturchilar esa tizim kodida yangi gadjetlar eslab o‘tilganiga e’tibor qaratishdi.

O‘QING: iOS 12 hamda macOS Mojave himoyasini buzish yo‘lini Google xodimi ko‘rsatib berdi!

iOS 12.2 kodida Apple tayyorlayotgan kamida beshta mahsulot eslab o‘tilgan:

  • 7-avlod iPad;
  • 5-avlod iPad Mini;
  • 7-avlod iPod Touch;
  • 2-avlod AirPods;
  • Apple News Magazines servisi.

Bular orasidan gadjetlarning yangi versiyalari avvaldan kutilayotgan edi. Apple News Magazines esa kupertinoliklarning navbatdagi taqdimot marosimida biz ko‘radigan mutlaqo yangi servis hisoblanadi.

Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!