Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2599
  •  14.09.2018 14:00

Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

«Olmali» korporatsiya bu yilgi taqdimot tadbirida iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda navbatdagi Apple Watch soati taqdim etilgandi. Lekin rasmiy promo-rolikda ko‘rsatilgan yana bir yangi devaysni deyarli hech kim sezmay ham qolgan.

O‘QING: Yo chikka, yo pukka: har bir iPhone taqdimoti Apple aksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Gapning lo‘ndasi shuki, Apple mazkur videolavhasida AirPods simsiz quloqchinining yangi modelini ko‘rsatgan. Rolikdagi quloqchin taqib olgan qiz Siri «aqlli» yordamchisini o‘z ovozi bilan – gapirgan holda chaqiradi va unga ovozli tarzda buyruq beradi. AirPods’ning birinchi avlodida esa bunday funksiya yo‘q – Siri’ni ishga tushirish uchun quloqchin korpusidagi maxsus tugmachani bosish kerak bo‘ladi.

Ayni shu lahzani tomosha qilish uchun quyidagi rolikni 43-soniyasidan boshlab tomosha qiling:

Aftidan, Apple allaqachon ikkinchi avlod AirPods’ni tayyorlab ulgurgan va uni yaqin orada rasman taqdim etadi. Mish-mishlarga qaraganda, u yana suvdan himoyalangan bo‘lib, simsiz quvvatlana oladi. Quloqchinning g‘ilofida esa uning quvvati qancha qolganini ko‘rsatuvchi indikator ham mavjud.

O‘QING: AirPods kutilmagan texnologiyaga ega bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.