Apple noutbuklar savdosida ham birinchilikni boy berdi

  •   DiMaX
  •  583
  •  03.08.2021 17:00

Apple noutbuklar savdosida ham birinchilikni boy berdi

Biz bugun Xiaomi tarixda ilk bor Samsung va Apple’dan o‘zib, Yevropa smartfon bozorida yetakchi bo‘lgani haqida yozgan edik. UZZOOM nashrining xabariga ko‘ra, kupertinolik texnogigant noutbuklar sotish bo‘yicha ham liderlikni qo‘ldan chiqargan.

O‘QING: AliExpress’dan rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan oltita noutbuk va eng ommabop beshta brend

Huawei birinchi marta noutbuklarning mashhurligi bo‘yicha birinchi raqamli kompaniyaga aylandi. Chnbrand kompaniyasi noutbuk foydalanuvchilarining mamnunligi bo‘yicha Huawei kompaniyasining Apple kompaniyasini ortda qoldirishini ko‘rsatuvchi statistikani e’lon qildi.

Huawei yetakchilikga chiqishdan avval o‘z noutbuklarini bir necha bor yangilagan. Hozirda kompaniyada barcha maqsadli auditoriyani qamrab oladigan uchta noutbuk varianti mavjud: yangi foydalanuvchilar, talabalar va quvvat foydalanuvchilari.

E’tibor berish lozim, kupertinolik gigant 2015 yildan 2020 yilgacha noutbuk bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelgan.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r noutbukini chiqardi: Mi Notebook Pro X 15 narx va jihatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!