Apple noutbuklari dizaynidagi yap-yangi RedmiBook Pro ilk rasmiy suratda!

  •   DiMaX
  •  1031
  •  23.01.2021 11:47

Apple noutbuklari dizaynidagi yap-yangi RedmiBook Pro ilk rasmiy suratda!

Xiaomi kompaniyasini ayrimlar istehzo bilan, ba’zilar esa havas qilib «Xitoycha Apple» deydi. Nima bo‘lganda ham, u bunga loyiq ekanligini o‘zining arzonchi brendi nomidan chiqayotgan navbatdagi gadjetida isbotladi.

O‘QING: «Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibong) kuni kecha o‘zining Weibo sahifasida butkul yangi RedmiBook Pro laptopining suratini ulashdi. U kompaniya mazkur mahsulotning dizayni ustida ancha ishlaganini, shuningdek, RedmiBook Pro juda professional noutbuk bo‘lishini aytgan.

Rasmda noutbuk to‘lig‘icha aks ettirilmasdan, faqat chap tomoni ko‘rsatilgan – u yerda USB-C hamda HDMI portlari mavjud. Devaysning korpusi alyuminiy qotishmasidan ishlangani ko‘rinib turibdi; e’tiborli jihati – u Apple noutbuklari uslubida ishlangan, qirralari o‘tkir qilingan:

Xiaomi kompaniyasi yaqinda yangi RedmiBook Pro noutbuklari fevralda namoyish etilishini tasdiqlagan edi. Boshqa manbalarga ko‘ra, ular 11-avlod Intel Core protsessorlari bazasida ishlaydi.

O‘tgan hafta Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida RedmiBook Pro 15 hamda RedmiBook Pro 15S laptoplari tekshirib ko‘rilganligi aniqlangan edi. U yerda qolgan qaydlarga ko‘ra, mazkur modellar tegishlicha Intel Core i5 hamda Core i7 chipsetlari bazasiga qurilgan. Har ikkalasi 16 gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘lib, Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarni ishdan chiqaruvchi havola tarqaldi!