Apple oktabrda yangi qurilmalarni taqdim qiladi

Apple oktabrda yangi qurilmalarni taqdim qiladi

DigiTimes nashrining ma’lum qilishicha (The Verge orqali), Apple kompaniyasi joriy yilning to‘rtinchi choragida yangi MacBook modellarini taqdim qilishi mumkin. Xabar bundan avval yozda tarqatilgan bir qancha mish-mishlarni tasdiqlaydi.

Apple iyun oyida yangi M2 chiplari bilan jihozlangan MacBook Air va MacBook Pro noutbuklarini chiqarganidan keyin, Bloomberg yangilangan 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellari 2023 yilgacha yetkazib berilishi haqida xabar bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bu modellar avvalgilaridan unchalik farq qilmaydi, lekin ular yanada kuchliroq M2 chipi bilan 12 yadroli protsessor va 38 yadroli grafik karta bilan ta’minlanadi. Avgust oyida esa, ushbu modellar ishlab chiqarish jarayonida ekanligi va sinovdan o‘tayotganligi aytilib, ular kuzda taqdim qilinishi ma’lum qilingan. 

Odatda Apple har oktabr oyida yangi qurilma taqdim qiladi va bu yil ham an’ana katta ehtimol bilan saqlanib qoladi. Biroq kompaniya yillar davomida oktabr qurilmalarini o‘zgartirib turadi: o‘tgan yili M1 Pro va M1 Max bilan MacBook Pro modellari chiqarilgan edi, bu yil esa iMac yoki Mac Pro namoyish qilinishi ham mumkin. Shuningdek, uzunquloq xabarlariga ko‘ra, kelayotgan oktabrda yangi iPad Pro ham chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 14 Pro Max eng yaxshi displeyga ega smartfon deb topildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!