Apple o‘n bir yillik afsonaviy o‘yinni bepul qilib App Store’ga qaytardi

  •   DiMaX
  •  1205
  •  09.07.2019 16:07

Apple o‘n bir yillik afsonaviy o‘yinni bepul qilib App Store’ga qaytardi

Kupertinolik kompaniya App Store katalogining o‘n yilligini unga Texas Hold’em o‘yinini qaytarish bilan nishonladi. Mazkur variantda grafika yangilangan, yangi qahramonlar paydo bo‘lgan, geympley takomillashtirilgan.

O‘QING: Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

Texas Hold’em – pokerning bir ko‘rinishi sifatidagi qarta o‘yinidir. Apple korporatsiyasi uning original versiyasini 2006 yilning sentyabrida, iPod musiqa pleyerining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda namoyish etgandi. Keyinroq u 4,99 dollardan sotuvga chiqqan. 2008 yili bu o‘yinni iPod touch hamda iPhone’larga ham ko‘chirishgan, 2011 yili esa App Store’dan olib tashlashgan.

Yangilangan Texas Hold’em o‘yinida yigirma to‘rtta virtual qahramon mavjud, ular bilan poker o‘ynash mumkin. Bundan tashqari, Wi-Fi orqali sakkiztagacha o‘yinchi ishtirokida mahalliy multipleyer uyushtirsa bo‘ladi. O‘yinda o‘nta virtual makon mavjud, jumladan – Las-Vegas, Parij va Makao o‘yin klublari ham bor. Har bir g‘alabadan so‘ng siz yangi joyga ko‘chib o‘ynaysiz.

Texas Hold’em yangi talqini butkul bepul, tag‘in unda reklama bannerlari yoki ichki xaridlar ham yo‘q. Agarda qiziqsangiz, mazkur o‘yinni mana bu havola orqali App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi