Apple ortidan Google ham yangi qoidalarni joriy etyapti

  •   DiMaX
  •  426
  •  08.05.2021 16:04

Apple ortidan Google ham yangi qoidalarni joriy etyapti

Qidiruv giganti mobil dasturlar ishlab chiquvchilarga ularning ilovalari qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashlarini ko‘rsatishini majburiy qoida qilib belgiladi. Bu xususda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Ushbu ilova sizda ham bo‘lsa, uni hoziroq o‘chirib tashlang!

Apple’ning ortidan Google ham maxfiylik siyosatini yangilaydi. Kelgusi yildan boshlab barcha ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ilovalari foydalanuvchining qanday ma’lumotlarini to‘plashini ko‘rsatishlari kerak.

Qidiruv gigantining vakillari bu foydalanuvchilarga ilovalarning qanday ma’lumotlarni qayta ishlashini va to‘plashini tushunishga yordam berishini aytdi.

Yaqinda Apple ishlab chiquvchilariga o‘z mahsulotlarini yuklab olish va yangilash uchun yangi shartlarni taqdim etgan edi.

O‘QING: Kim «o‘g‘ri», kim to‘g‘ri?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!