Apple o‘z qurilmalariga iOS 15.6 va iPadOS 15.6 yangilanishlarini jo‘natishni boshladi

Apple o‘z qurilmalariga iOS 15.6 va iPadOS 15.6 yangilanishlarini jo‘natishni boshladi

Bugun Apple o‘zining mos keladigan smartfon va planshetlari uchun iOS 15.6 va iPadOS 15.6 yangilanishlarini jo‘natmoqda. iOS 16 va iPadOS 16 tizimlari sentyabr oyida chiqishini hisobga olsak, bu iOS 15 tizimidagi oxirgi yangilanish bo‘lishi mumkin.

Yangilanish bir qancha nosozliklarga barham beradi, xususan, smartfon xotirasi to‘la bo‘lmasa ham, uni to‘lib qolganini bildiruvchi bildirishnoma yo‘q bo‘ladi. Shuningdek, Safari brauzeridagi muammolar ham bartaraf etiladi.

Bundan tashqari, TV ilovasida yangi xususiyat ham paydo bo‘ladi. Bunga davom etayotgan jonli efirdagi sport o‘yinini qayta boshlash, uni to‘xtatib turish, orqaga yoki oldinga o‘tkazish imkoniyatini misol qilib keltirish mumkin.

iOS 15.6 va iPadOS 15.6 tizimlarini sozlanamalarni tekshirish orqali yuklab olish va o‘rnatish mumkin. 

O‘QING: Ayrim iPhone 14 modellari SIM karta uyasiga ega bo‘lmaydi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!