Apple o‘z smartfonlariga yangi proshivka tarqatmoqda

Apple o‘z smartfonlariga yangi proshivka tarqatmoqda

Dasturiy ta’minotdagi ayrim muammolarni bartaraf etuvchi yangi proshivka iPhone'lar uchun tayyor. Foydalanuvchilar yangi iOS 16.0.3 tizimini yuklab olishlari mumkin.

Yangilanish hajmi taxminan 1GB bo‘lib, u iPhone 14 modellarining foydalanuvchilari duch kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta xatolarni to‘girlaydi, shuningdek, Mail ilovasidagi xatolik ham tuzatiladi.

• iPhone 14 Pro hamda 14 Pro Max modellarida kiruvchi qo‘ng‘iroq hamda bildirishnomalar kech yoki umuman kelmayapti.

• Ba’zi iPhone 14 modellarda Apple CarPlay orqali qo‘ng‘iroq qilinganda mikrofon orqali ovoz juda past bormoqda. 

• iPhone 14 Pro va 14 Pro Max modellarida kamera ilovasi sekin ochilmoqda, shuningdek, bir kamera rejimidan ikkinchi kamera rejimiga o‘tishda ham smartfon sekin ishlamoqda. 

• Mail ilovasining ishlashida ham muammolar kuzatilmoqda. 

Yuqoridagi xatoliklar iOS 16.0.3 tizimi o‘rnatilishi bilan yo‘q bo‘ladi.

O‘QING: Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.