Apple o‘z xodimlari uchun qanday himoya niqobi chiqargan?

  •   DiMaX
  •  757
  •  14.09.2020 18:31

Apple o‘z xodimlari uchun qanday himoya niqobi chiqargan?

Apple kompaniyasi o‘z xodimlari uchun ishlab chiqargan ko‘p martalik Face Mask himoya niqobining surati internetga chiqdi. Uning rasmlarini Bloomberg jurnalisti Mark Gurman e’lon qildi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Blokatorlar koronavirusdan saqlaydimi?

Apple Face Mask — texnologik gigant tomonidan o‘z xodimlari uchun yaratilgan ilk niqob hisoblanadi. Avvalroq gadjetlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya tibbiyot xodimlariga niqob chiqarib, tibbiyot muassalari uchun millionta niqob tarqatgandi.

Yangi niqob ustida iPhone va iPad’ni yaratish bilan shug‘ullanuvchi sanoat dizayni bo‘yicha muhandislar va mutaxassislar bo‘linmasi ish olib borgan.

Aksessuar uch qavatdan iborat bo‘lib, u mayda zarralarni filtrlaydi.

Apple’ning ma’lum qilishicha, Face Mask niqoblarini yuvish va undan yana besh marotabagacha qayta foydalanish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.