Apple o‘zini-o‘zi boshqara oladigan avtomobilni ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy kirishmoqda

Apple o‘zini-o‘zi boshqara oladigan avtomobilni ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy kirishmoqda

Apple ko‘p yillardan beri o‘zining birinchi avtomobili ustida ishlamoqda. Kompaniya o‘zini-o‘zi boshqara oladigan avtomobilini ishlab chiqarishni reja qilgan. 

Avtomobil proyekti juda maxfiy bo‘lib, hozirda unga Lamborghini bilan yigirma yil davomida ishlagan Luidji Taraborrelli qo‘shilgan. Taraborrelli superkarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyada shassi va avtomobil dinamikasi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan va u bo‘lajak Apple avtomobili dizayniga rahbarlik qiladi.

Taraborrelli boshqa ko‘plab Lamborghini loyihalari qatorida Urus, Huracan va Aventador avtomobillari ustida ishlagan. Shuningdek, u yo‘l tanlamas Huracan - Sterrato hamda Asterion kontsepsiyasi ustida ham ishlagan. Lamborghini avtomobillarining shassi, suspenziya, boshqaruvi va tormoz tizimlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan muhandisning Apple'ga chaqirilib olinishi kompaniyaning avtomobil dizaynini yakuniy bosqichida ekanligidan dalolat beradi.

Taraborrelli bilan birga joriy yilning may oyida Apple tomonidan ishga olingan Ford kompaniyasining avtomobil xavfsizligi bo‘yicha sobiq rahbari Desi Ujkashevich ishlaydi. Shuningdek, Apple jamoasida Canoo kompaniyasining sobiq boshlig‘i va BMW EV bo‘limining sobiq rahbari Ulrich Kranz hamda Tesla Autopilot jamoasi rahbari Styuart Bauers bor.

Apple nafaqat avtomobilni, balki kelgusi yillarda uni ishlab chiqaradigan muhandislar jamoasini rivojlantirmoqda. Tesla, Rivan, Waymo, Volva va Mercedes-Benz kompaniyalarining eng yaxshi muhandislari allaqachon Apple avtomobili loyihasi ustida ishlamoqda. Tesla, McLaren, Porsche va Aston Martin kompaniyalarining yuqori malakali dizaynerlari jamoaga boy tajriba qo‘shadi.

2025 yilda sotuvga chiqarilishi kerak bo‘lgan avtomobil dizayni haqida bizga ma’lum bo‘lgan narsa shuki, avtomobilda yo‘lovchilar bir-biriga qaragan holda sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ushbu texnologiyani mukammal holda yaratish kompaniyadan ko‘p vaqt talab qilmoqda. Avtomobilda rul yoki boshqa boshqaruv elementlari bo‘lmagaydi, ya’ni u dunyodagi birinchi haqiqiy o‘zini-o‘zi boshqara oladigan avtomobil bo‘ladi. Apple smartfon sanoatida iPhone bilan ko‘targan shov-shuvini endi endi avtomobil sanoatida takrorlamoqchi.

Kompaniya o‘z mashinasi ustida 2014 yildan beri ishlab kelmoqda, bu esa vazifa qanchalik katta shkalada ekanligini isbotlaydi. Shu vaqtgacha jamoada bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi, xususan, ishga yangi rahbariyat tayinlandi. Hatto loyiha bekor qilingani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Shunga qaramay, kompaniya o‘z yo‘lidan yurishni davom etmoqda. 

O‘QING: Xiaomi kamera va ichki ekranga ega kelajak ko‘zoynaklarini taqdim qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!