Apple o‘zining arzonchi iPhone'nining yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalamoqda

Apple o‘zining arzonchi iPhone'nining yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalamoqda

Apple o‘zining arzon bo‘lgan smartfoni iPhone SE'ning yangilangan versiyasini chiqarish niyatida. DigiTimes'ga ko‘ra, Apple A14 Bionic chipiga ega bo‘lgan smartfon kelasi yilning birinchi yarmida namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Flagman iPhone rekord darajada arzonladi

O‘tgan oyda Apple tahlilchisi Ming Chi Kuo iPhone SE yangilangan protsessor va 5G tarmog‘iga ega bo‘lishi va uning taqdimoti 2022 yilning boshida bo‘lib o‘tishi haqida aytib o‘tgan edi. Ming Chi Kuoning aytishicha, yangi iPhone 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon smartfon bo‘ladi. Bu yo‘l bilan Apple 5G smartfonlar bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab olishiga zamin yaratadi.

iPhone SE'ning birinchi avlodi 2016 yilda chiqarilgan bo‘lib, u iPhone 5s'ning takomillashgan versiyasi bo‘lgan. Apple SE'ning yangilangan talqinini o‘tgan yilning aprel oyida taqdim etgan edi. iPhone SE 2020 oldingi avlodga qaraganda kattaroq displey, takomillashgan protsessor va kameraga ega bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone SE'ga ham bir qancha o‘zgarishlar kiritiladi.

iPhone SE 2020 yangi Apple smartfonlari orasida Touch ID'ga ega bo‘lgan yagona iPhone hisoblanadi. Ushbu Touch ID yangi iPhone SE 3'ga ham o‘rnatiladi.

O‘QING: Qaysi iPhone'lar eng ko‘p sotilyapti?