Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  545
  •  22.04.2021 17:07

Apple o‘zining M1 protsessori bazasida iPad Pro va turfa rangli iMac’lar taqdim etdi

Joriy yilning 20 aprel kuni bir necha yil kutilgan AirTag (yoki AirTags) trekeri taqdim etilgani haqida xabar berib, videosini ham ulashgan edik. Apple o‘sha kuni yana o‘zining M1 protsessoriga ega yangi kompyuter va planshetlarini ham namoyish qilgan, deb yozadi Daryo.

O‘QING: Mac kompyuterlari uchun Apple o‘zining M1 rusumli ilk ARM-protsessorini taqdim etdi

Bu galgi iMac kompyuterlari korpusining qalinligi 11,5 millimetrni tashkil etadi. Kumush rangiga yana olti xil rang qo‘shilgan: sariq, korall, qizil, binafsha, yashil va ko‘k. iMac 24 dyuymli 4,5K-displey, FaceTime HD-kamera, ovoz studiyasiga xos mikrofon va oltida dinamikdan iborat ovoz tizimiga ega bo‘lgan.

Shuningdek, kompyuterlarda birinchi bor Touch ID funksiyasi paydo bo‘lgan, masalan, to‘lovlar avtorizatsiyasini barmoq izi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. U Apple klaviaturasiga o‘rnatilgan bo‘lib, uni ham yangi iMac’lar rangiga mos ravishda xarid qilish mumkin.

Yangi iMac kompaniyasining o‘zini protsessoriga ega bo‘lgan birinchi monoblokka aylandi. Bunga qadar M1 MacBook Air, MacBook Pro va Mac Mini’ga o‘rnatilgan. Monoblok to‘rt xil rangda 1299 dollar qiymatida sotuvga chiqadi, yetti xil rangli va qo‘shimcha opsiyalarga ega versiyasini esa 1499 dollardan xarid qilish mumkin. Buyurtmalarni qabul qilish 30 apreldan boshlanadi. Yetkazib berish mayning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

O‘QING: 2021 yilning boshidagi eng xavfli kompyuter virusi ma’lum bo‘ldi

Apple, shuningdek, taqdimot davomida iPad Pro planshetlarining beshinchi avlodini namoyish etgan bo‘lib, unga ham M1 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zgarmagan bo‘lib, uning 11 va 12,9 dyuymli versiyalari taqdim etiladi. Katta iPad Pro’ning matritsasi miniLED inqilobiy texnologiyasi asosida yaratilgan.

Maksimal ichki xotirasi 2 terabaytga yetadi, USB-C porti esa Thunderbold4’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

iPad Pro planshetlari beshinchi avlod aloqa tarmoqlari bilan ishlay oladi. Yana bir yangilik — frontal kamerasi 12 megapikselni tashkil etgan. Qurilmaning 11 dyuymli versiyasini 800 dollarga, 12,9 dyuymlisini esa 1099 dollarga oldindan buyurtma qilish mumkin.

Bulardan tashqari, Apple iPhone 12’ni yangi rangda — binafsha rangida taqdim etdi. U o‘z lineykasidagi smartfonlardan rangidan boshqa hech qanday jihati bilan ajralib turmaydi. Gadjetning narxi ham avvalgidek.

Darvoqe, insayderlar kuzda chiqadigan iPhone 13 mini smartfonini allaqachon «jonli» suratda, shuningdek iPhone 12 mini bilan taqqoslab ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!