Apple o‘zining turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalarni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  881
  •  02.12.2020 18:00

Apple o‘zining turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalarni e’lon qildi

Kecha biz Google talqiniga ko‘ra Google Play katalogidagi eng zo‘r mobil o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Endi esa Apple ham yil yakunlarini chiqarib, o‘zining turli platformalari uchun eng yaxshi ilova va o‘yinlarni aytdi.

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Kupertinolik kompaniya iPhone, iPad, Mac, Apple TV va Apple Watch uchun App Store katalogidagi eng yaxshi ilova va o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qildi. Quyida ularni keltirmoqdamiz, har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

iPhone uchun yil ilovasi Wakeout! bo‘lsa, eng zo‘r o‘yin deb Genshin Impact e’tirof etildi.

iPad uchun eng yaxshi dastur deb Zoom, eng zo‘r o‘yin deb esa Legends of Runeterra e’lon qilindi.

Mac kompyuterlari uchun bo‘lsa Fantastical ilovasi hamda Disco Elysium o‘yini eng zo‘ri, deb topildi.

Apple TV pristavkasi bo‘yicha Disney+ striming servisi va Dandara Trials of Fear o‘yini yang yaxshilari sifatida qayd etildi.

Apple Watch smart-soatida esa uxlash uchun ovozlar yangratuvchi Endel dasturi eng ommabop bo‘lib chiqdi.

Apple Arcade o‘yin servisida eng yaxshi taytl deb Sneaky Sasquatch e’tirof qilindi.

Apple yakuniga yetayotgan yil trendlaridan yana Shine, ShareTheMeal, Explain Everything Whiteboard, Caribu ilovalarini hamda Pokémon GO o‘yinini tilga olib o‘tgan.

O‘QING: Xitoyning yana 43 ta ilovasi bloklandi. Ular orasida AliExpress ham bor

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!