Apple Pay xizmati foydalanuvchilari soni 250 million kishidan oshdi

  •   Saroy
  •  664
  •  10.08.2018 17:30

Apple Pay xizmati foydalanuvchilari soni  250 million kishidan oshdi

O‘tgan choraklikda Apple Pay foydalanuvchilari milliard martadan ko‘p tranzaksiyani amalga oshirdilar. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobarga ko‘pdir. Kompaniyaning ushbu ma’lumotlariga hamda bundan avvalgi hisobotlarga tayangan holda  Loup Ventures tahlil kompaniyasi mutaxassisi Jiyn Manster (Gene Munster) ushbu to‘lov xizmatining auditoriyasi 253 million kishiga yetgani haqda ma’lum qildi.

O‘QING:Apple yangi videoda Face ID va Apple Pay imkoniyatlarini namoyish etdi

Mobil to‘lovdan bugungi kunda iPhone sohiblarining har uchtadan bittasi foydalanmoqda  (31%). AQShda ular taxminan  38 million kishini tashkil etadi. Qolgan 215 million kishi dunyoning Apple Pay amalda bo‘lgan 20 dan ortiq mamlakatlari aholisidir. Yaqin vaqtlarda tranzaksiyalar miqdorining o‘sishi  200 foizga yetadi, deya ta’kidlaydi ekspert.

Yana bir ma’lumotni ham ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq bulur edi. U ham bo‘lsa, o‘tgan yilning oxirida “olmachi”lar  Apple Pay Cash xizmatini ishga tushirgani bilan bog‘liq. Ushbu xizmatdan xaridlar uchun to‘lovlarni va iMessage foydalanuvchilari o‘rtasida o‘zaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirsa bo‘ladi. Hozircha ushbu funksiya faqat AQShda joriy qilingan.

O‘QING:Apple rivojlanishning yangi yo‘nalishini tanladi

Xo‘sh Google Pay’chi?

Google o‘zining NFC-to‘lovlar xizmatining rasmiy statistikasini e’lon qilmayapti, ammo 2018 yilning aprelida  Google Pay ilovasining rasmiy do‘konlaridagi yuklash soni 100 million kishidan ortganini ko‘rish mumkin. Ayrim qurilmalarda xizmatni ishga tushirgandan keyin u avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. Shu bois foydalanuvchilarning real soni oz ham bo‘lishi mumkin.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!