Apple Pro modeldagi iPhone 14 tirqishlari orasidagi bo'shliqdan ham foydalanib qolmoqchi

Apple Pro modeldagi iPhone 14 tirqishlari orasidagi bo'shliqdan ham foydalanib qolmoqchi

Apple'ning bo'lajak iPhone 14 qatoridagi smartfonlari yangicha dizaynga ega bo'lishi deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinmoqda. Uzunquloq xabarlari yangi avlod seriyasidagi Pro modellar Face ID va selfi kamera sensorlari uchun yotqizilgan "i" shaklidagi ikki xil tirqishga ega bo'lishini tasdiqlaydi. Biroq, so'nggi xabarlar Apple ular orasidagi bo'shliqni "to'ldirib" qo'yishini ma'lum qilmoqda. Bu haqida MacRumors o'zining anonim manbalariga asoslanib xabar bermoqda va buni keyinroq Bloomberg'dan Mark Gurman ham tasdiqlagan.

Ma'lum bo'lishicha, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarida bo'ladigan tabletka va yumaloq teshik shaklidagi alohida ajratilgan tirqishlar smartfon yoniq turganida bitta uzunchoq tirqish ko'rinishiga keladi. Aniqroq qilib aytganda Apple ikki tirqish orasidagi piksellarni iOS bilan tutashtirishi yoxud qoraytirib qo'yishi mumkin. Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar berishicha, tirqishlarning alohida bo'lib ajralib turishi g'alati ko'rinadi.

Ammo, 9to5Mac'ning xabar qilishicha, bu shunchaki ko'rinish uchun emas, balki, Apple bu ikki tirqish orasidagi bo'shliqdan maxfiylik ko'rsatkichlarini - mikrofon yoki video kameralar aktiv bo'lgan vaqtda yashil va apelsin rang indikatorlarni ko'rsatib turish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, Apple tirqishlar atrofini turli xil status belgilarini yoki boshqa kontentni joylashtirish uchun vizual ravishda qoraytirishi ham mumkin. 

Shuningdek, Apple kamera ilovasini ham qayta dizaynlashi kutilmoqda. Bunda ilovadagi Flash va Live Photo tugmasi yuqoriga, boshqa fotosurat va video sozlamalari esa to'g'ridan-to'g'ri displey kesiklari ostida joylashtiriladi. Bu bilan foydalanuvchilar olayotgan suratlari prevyusini kengroq ekranda ko'rish imkoniga ega bo'ladilar.

Albatta, bularning tasdiqlanmagan xabarlar, lekin ko'pincha taqdimot oldidan tarqatilgan mish-mishlar to'g'ri bo'lib chiqadi. Nima bo'lganda ham, xabalarning to'g'ri yoki noto'g'riligini bir necha kundan so'ng, Apple rasman iPhone 14 seriyasini taqdim qilganida bilib olamiz.

O'QING: Galaxy Z Fold4 damini olsin — Asus kompaniyasi 17.3 dyuymli buklanuvchi plashetni taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!