Apple qaror qildi: iPhone XI modeli «siklop» dizaynida bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1788
  •  29.01.2019 18:49

Apple qaror qildi: iPhone XI modeli «siklop» dizaynida bo‘ladi!

Kupertinolik korporatsiyaning navbatdagi ayfoni dizayni borasida ikki variantdan birini tanlashi mumkinligi aytilayotgan edi. Ulardan birini e’lon qilganmiz – uch modulli bosh kamera kvadrat blok ichida joy oladi.

O‘QING: «Uch ko‘zli» iPhone XI’ni ilk video va suratlarda ko‘ramiz!

Hindistonning Compareraja resursi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Apple ikkinchi variantni tanlagan. Unda ayfonning asosiy kamerasi korpus orqa panelining tepa qismi o‘rtasida, gorizontaliga joylanadi. Bu esa bir ko‘zli afsonaviy maxluq – siklopni eslatadi.

Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, iPhone XI modelida diagonaliga 5,8 dyuymlik OLED-displey saqlanib qoladi. Ammo displeydagi «kemtik»ning kichrayishi hamda romlarining yupqaligi evaziga korpusi sal ixchamlashuvi kutilmoqda.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Bulardan tashqari, yangi ayfon Lightning o‘rniga USB Type-C porti hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Ammo Apple’ning bu yilgi smartfonlari hali 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi.

iPhone XI kumushrang, tillarang va kul rang tusli korpuslarda chiqishi kutilmoqda, yana ko‘k rangda ham taqdim etilishi mumkin. Hozirgacha bozorga chiqqan ayfonlarni esa 2 036 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Tanqidlar ish berdi – Apple g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘ldi. Fototanlovda siz ham qatnashing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.