Apple rahbari Tim Kukning bu yilgi daromadi 40 foizdan ortiqqa kamaytirilmoqda

Apple rahbari Tim Kukning bu yilgi daromadi 40 foizdan ortiqqa kamaytirilmoqda

Apple o'zining 2023-yilgi vakillik bayonotini aksiyadorlar yig'ilishida e'lon qildi. Hisobotning 113-sahifasidan esa kompaniya bosh direktori, Tim Kukning 2023-yilda maoshi kamaytirilayotgani ma'lum bo'ldi. Qizig'i shundaki buni uning o'zi taklif qilgan. Shunda u joriy yilda oz emas, ko'p emas, atigi 35 million dollardan quruq qoladi.

Ma'lum bo'lishicha, Tim Kukning o'tgan yilgi jami daromadi 84 million dollar bo'lgan. Bu yil esa u 49 million dollar oladi va bu o'tgan yilgiga qaraganda 40% dan ortiqqa tushish degani.

Aytish kerakki, bu Tim Kukning sof maoshi emas. Aslida Apple rahbari yilliga 3 million dollar maosh va 6 million dollar rag'bat puli oladi. Qolgani esa uning aksiyadorlik mukofoti qiymati hisoblanadi va u kompaniya aksiyalariga qarab ko'tarilishi yoki tushishi mumkin.

O'QING: Apple sensorli MacBook ustida ishlamoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!