Apple rahbarlaridan biri Samsung'ni o'g'irlikda aybladi

Apple rahbarlaridan biri Samsung'ni o'g'irlikda aybladi

2007-yil, 29-iyun. Aynan shu kuni Apple'ning ilk iPhone telefoni sotuvga chiqarilgan va bugun bunga 15 yil bo'ldi. Shu munosabat bilan The Wall Street Journal nashri iPhone evolyutsiyasi haqidagi hujjatli filmni chiqardi. Filmda Apple'ning marketing rahbari Greg Josviak, iPhone yaratuvchilaridan biri bo'lgan Toni Fadell va iPhone foydalanuvchilari oilasi bilan o'tkazilgan interyu ham bor va intervyuning bir qismidan Apple'ning smartfonlar bozoridagi eng ashaddiy raqibi Samsung ham eslab o'tilgan.

Josviakdan Samsung va boshqa Android smartfon ishlab chiqaruvchilari Apple'ga qanchalik ta'sir ko'rsatganligi haqida so'ralganda, u ularning "asabbuzar" ekanliklarini aytdi va Apple texnologiyasini nusxalashda aybladi.

"Ular asabbuzar edi.", deydi Josviak. "Va ular asabbuzar edilar, chunki bilganingizdek, ular bizning texnologiyamizni o'g'irlashdi. Ular biz yaratgan innovatsiyalarni olib, uning sifatsiz nusxasini yaratishdi va shunchaki unga kattaroq ekran qo'yishdi. Shunday qilib, ha, biz bundan unchalik mamnun emasdik."

2013-yil qaytadigan bo'lsak, iPhone 5 smartfoni 4 dyuymli displeyga ega bo'lgan bir vaqtda Samsung o'zining 5 dyuymli displeyga ega Galaxy S4 smartfonini chiqargan edi. 2014-yilga kelib, 4,7 dyuymli iPhone 6 va 5,5 dyuymli iPhone 6 Plus, Apple'ning birinchi kattaroq ekranga ega smartfonlari chiqarildi va ular bozorda kuchli talab bilan kutib olinib, eng ko'p sotilgan iPhone modellari qatoriga kirdi.

Eslatib o'tish joizki, Apple 2011-yilda Samsung'ni patentni buzganlik uchun sudga bergan va kompaniyani Galaxy smartfonlari bilan iPhone dizaynidan nusxa ko'chirganlikda ayblagan. Dastlab, Apple'ga zarar uchun 1 milliard dollar atrofida tovon to'lanishi kerak edi, biroq bu miqdor keyinchalik qayta ko'rib chiqish jarayonida kamaytirildi. 2018-yilda Apple nihoyat Samsung bilan kelishuvga erishdi va quyidagi bayonotni yana takrorladi:

"Biz dizayn qiymatini chuqur qadrlaymiz va bizning jamoalarimiz mijozlarimizni xursand qiladigan innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun tinimsiz ishlashadi. Bu ish har doim puldanda ortiqroq bo'lgan. Apple smartfon revolyutsiyasini iPhone bilan alangaladi va shunisi aniqki, Samsung bizning dizaynimizni ochiqchasiga ko'chirib oldi. Shunisi muhimki, biz Apple’dagi ko‘plab odamlarning mehnati va innovatsiyalarini himoya qilishda davom etamiz.

Biz hakamlar hay'atiga ko'rsatgan xizmatlari uchun minnatdormiz va ular Samsung mahsulotimizni nusxalagani uchun pul to'lashi kerakligiga rozi bo'lganliklaridan mamnunmiz."

O'QING: iPhone 14 modellarining akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot berildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.