Apple rasman iPhone 12 taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  1039
  •  07.10.2020 09:50

Apple rasman iPhone 12 taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti!

Kupertinolik korporatsiyaning 15 sentyabrdagi onlayn marosimida iPad 8 planshetini taqdim etgani, shuningdek, Apple Watch Series 6 smart-soatini namoyish qilgani haqida yozgandik. Bundan tashqari, mazkur tadbirda arzonlashtirishgan smartvoch – Apple Watch SE ham ilk bor keng jamoatchilikka ko‘rsatilgan, lekin eng kutilayotgani – ayfonlar masalasi ochiq qolgan edi.

O‘QING: iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Apple kompaniyasi endi navbatdagi onlayn taqdimoti taklifnomasini jurnalistlarga tarqatdi. Oldin ham insayderlar aytishganidek, mazkur tadbir 13 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Taqdimot taklifnomasiga «‎Hi, Speed» («Salom, tezlik!») slogani tushirilgan. Bunda aynan nima nazarda tutilgani aniq emas, lekin Apple bu gal, nihoyat, iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini namoyish etsa kerak.

O‘n ikkinchi avlod ayfonlar oilasiga to‘rtta model kirishi, ularning barcha versiyalari narxlari va hatto sotuvga chiqish sanalarini ham allaqachon e’lon qilganmiz. Bular – standart iPhone 12, ixcham iPhone 12 mini, kuchli iPhone 12 Pro hamda eng katta iPhone 12 Pro Max modellaridir. Avvalroq ulardan har birining rasmiy nomlari va o‘lchamlarini oshkor etuvchi «jonli» surat ham chiqqan.

Mazkur smartfonlar orasida iPhone 12 mini modeli samaradorligi nisbatan pastroq bo‘lgan Apple B14 chipseti asosida, qolgan uchtasi esa Apple A14 Bionic protsessori bazasida ishlaydi. Kuni kecha u Geekbench benchmarkida tekshirib ko‘rilganida, rekord natija qayd etgan.

O‘QING: Allaqachon iPhone 13 hamda iPhone SE 3 xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.