Apple rasman WWDC 2019 konferensiyasiga taklif etmoqda!

  •   DiMaX
  •  426
  •  15.03.2019 11:34

Apple rasman WWDC 2019 konferensiyasiga taklif etmoqda!

Kupertinolik korporatsiya dasturchilar uchun o‘tkaziladigan yillik Worldwide Developers Conference tadbirini e’lon qildi. WWDC 2019 tadbiri 3–7 iyun kunlari, Kaliforniya shtatining San-Xose shahridagi Mak-Eneri nomidagi konferensiyalar markazida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Bu yilgisi Apple tomonidan o‘tkazilayotgan WWDC konferensiyalarining hisob bo‘yicha o‘ttizinchisidir. Kompaniyaning ta’kidlashicha, unda iOS, macOS, watchOS hamda tvOS tizimlarining qanday taraqqiy etishi e’lon qilinadi.

Shuningdek, anjumanda Apple mashinaviy ta’lim, to‘ldirilgan borliq, salomatlik va fitnes kabi sohalardagi yangi ishlanmalarini hamda dasturchilari erishgan yutuqlarni ham namoyish etishni rejalashtirgan.

Dasturchilar WWDC 2019 tadbirida ishtirok etish uchun hozirdanoq ariza berishlari mumkin, ro‘yxatga olish 21 martgacha davom etadi. Biletlar lotereya usulida – tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi va 1599 dollar turadi.

WWDC 2019 anjumani onlayn tarzda jonli efirga ham uzatilib turadi. Unda iOS 13, macOS 10.15, watchOS 6 hamda tvOS 13 talqinlari e’lon qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!