Apple rasman WWDC 2021 sanasini aytdi: ilk tizerda uzoq kutilgan gadjetga ishora bor

  •   DiMaX
  •  665
  •  31.03.2021 09:37

Apple rasman WWDC 2021 sanasini aytdi: ilk tizerda uzoq kutilgan gadjetga ishora bor

Kupertinolik kompaniya har yili dasturchilar uchun World Wide Developer Conference konferensiyasini o‘tkazadi. Apple kecha bu yilgi – WWDC 2021 tadbirining o‘tkazilish vaqtini rasman e’lon qildi.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

Unga ko‘ra, WWDC 2021 marosimi 7–11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, ya’ni bir necha oydan so‘ng. Worldwide Developers Conference tadbirlarida odatda Apple dasturiy ta’minot mahsulotlari namoyish etiladi; bu gal ham iOS, iPad OS, macOS, watchOS va tvOS operatsion tizimlarining yangi versiyalarini kutish mumkin.

Lekin anjumanning birinchi reklama posterida ko‘zoynakli qiz tasvirlangan; shunga qaraganda, kompaniya o‘zining Apple Glass rusumli to‘ldirilgan borliq ko‘zoynagini ko‘rsatishi ehtimoli ham mavjud.

Bu aksessuar haqida anchadan beri gap-so‘zlar yuradi, lekin mashhur tahlilchi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) uning 2025 yildan oldin taqdim etilmasligini aytgan. Kim biladi, balki WWDC 2021 konferensiyasida ko‘zoynakka doir qandaydir tafsilotlar oshkor etilar.

Odatda dasturchilar uchun Worldwide Developers Conference anjumani pulli bo‘lardi, o‘tgan yil esa koronavirus pandemiyasi tufayli WWDC 2020 anjumani ilk bora bepul va onlayn o‘tkazilgan. Joriy yilda ham marosim shu formatda bo‘lib o‘tadi – zalga odam to‘plab o‘tirmasdan, «jonli» translyasiya qilishadi.

O‘QING: 2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.