Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  2733
  •  13.02.2020 12:22

Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

Kupertinolik korporatsiya iPhone X modelida old kamera va boshqa tegishli datchiklar uchun ilk bora smartfon ekranida kemtik qo‘llagan edi. Shundan buyon Apple uchun bu holat an’anaga aylandi va boshqa smartfonsozlar ham shu trendga qo‘shildi.

O‘QING: Jinoyat va jazo: Apple 27 million dollar jarima to‘laydi

Boshqa kompaniyalar allaqachon kemtikni minimal darajada qisqartirishga, yana old kamera uchun displeyda tirqish ochishga, hatto bu sensorni ekran ortiga yashirishga ham muvaffaq bo‘lishgan. Apple esa smartfonlarini hamon kemtikli qilib chiqarib kelayotir; uning ko‘plab fanatlari bo‘lsa kemtiksiz ayfon orzu qilishadi.

Aftidan, kupertinolik korporatsiya ularning orzusini amalga oshirib, to‘liq ekranli smartfon chiqarmoqchi. Uning rasmiy sayti aksessuarlar bo‘limida hali taqdim etilmagan iPhone surati uchrab qoldi – uning displeyi kemtikdan xoli!

Aytish kerakki, mart oyida kompaniya iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Ehtimol, uning dizayni shu yuqoridagi suratda aks etganidek bo‘lib chiqar.

O‘QING: iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) tashqi ko‘rinishini g‘ilofsoz kompaniya «sotib» qo‘ydi!