Apple ruxsat berdi

  •   Saroy
  •  1214
  •  02.06.2018 17:21

Apple ruxsat berdi

Nihoyat App Store’da Telegram ilovasi uchun yangilanish paydo bo‘ldi. Bu bir oydan buyon birinchi yangilanish bo‘ldi. Aynan aprelning o‘rtalarida Apple messenjerini yangilashni ta’qiqlagan edi.

 «Apple yaqindagina  iOS uchun Telegram yangilanishni muvaffaqiyat bilan ko‘rib chiqdi va ijobiy hal etdi hamda biz uzoq kutilgan tuzatishlar va yaxshilanishlari bilan   AppStore’ning yangi versiyasini jo‘natishga muvaffaq bo‘ldik», — deya ma’lum qildi Telegram asoschisi Pavel Durov.

Yangilanish birinchi navbatda, 25 mayda kuchga kirgan Yevropa Ittifoqida GDPR (General Data Privacy Regulations) shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash reglamenti normalarini bajaradi.

O‘QING: Telegram Desktop 1.3 talqinida chiqdi – unda ko‘plab yangi imkoniyatlardan bahra oling!

Telegram’dagilar Apple kelgusida ham ular bilan hamkorlik qiladimi, yo‘qmi hozircha bilishmaydi. Ammo, yaqin orada  App Store’ga  bloklagunga qadar g‘oyib bo‘lgan Telegram X muqobil ilova qaytadi, deb va’da berishgan.

Pavel Durov Apple’ga va Telegram’ni yangilashga ruxsat bergani uchun uning bosh direktori Tima Kuk janoblariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan .

Shuni ham eslatib o‘tmoqchimizki, Aprel oyining o‘rtalarida Apple Telegramni yangilashni ta’qiqlab qo‘ygan edi, bu qaror Rossiyaning sanksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgandi. Yaqinda Roskomnadzor ilovani Apple va Google  onlayn-do‘konlaridan butunlay olib tashlashni talab qildi. Biroq Pavel Durovning ta’kidlashicha, rossiyaliklar messenjer foydalanuvchilarining atigi 7 foizini tashkil etadi, shu bois, uning faoliyatini Rossiya Federatsiyasida shunchaki cheklab qo‘ysa ham kifoya qilardi.

Apple’ning nega yon bosayotgani hozircha noma’lum.

O‘QING: Telegram’da o‘yin botlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.