Apple sabab so'nggi Telegram yangilanishidan yangi funksiyalarning biri olib tashlangan

Apple sabab so'nggi Telegram yangilanishidan yangi funksiyalarning biri olib tashlangan

Bir necha kun oldin Telegram rahbari Pavel Durov, Apple messenjerning navbatdagi yangilanishini hech qanday tushuntirishlarsiz ikki haftadan beri "ko'rib chiqish" jarayonida ushlab turganini haqida xabar bergan edi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, Telegram'ning yangi versiyasi emojilar, xususan, Apple emojilari bilan bog'liq yangi Telemoji funksiyani o'z ichiga olgan bo'lgan va kupertinolik kompaniya yangilanishdan uni olib tashlashni talab qilgan.

"Avvalgi postim ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgandan so'ng, Apple bizga Telegram yangilanishini bekor qilishni talab qilib, Telemoji — standart emojining yuqori sifatli vektorli animatsion versiyalarini o'chirishni so'radi", deb yozadi Durov o'zining Telegram kanalida. "Bu Apple nomidan hayratlanarli harakat, chunki Telemoji o'zining past aniqlikdagi statik emojisi bilan butunlay yangi o'lcham olib kelgan va ularning ekotizimini sezilarli darajada boyitgan bo'lar edi."

Bu yerda Telegram ham "oppoq" emas, chunki ular boshqa kompaniya tomonidan dizaynlangan mahsulotni olib, unga shunchaki biroz harakatlar qo'shishgan va endi uni Telemoji nomi bilan ommaga taqdim qilishmoqda.

Nima bo'lganda ham, Durov bu Telegram uchun "ok" ekanligini va endi Telemoji ustida ko'proq ishlab uni yanada noyob va taniqli qilishini aytgan. Bundan tashqari, Telegram'ning oxirgi, 8.9 versiyasida Telemoji'dan tashqari 500 dan ortiq animatsiyali emojilarni o'z ichiga olgan 10 ta boshqa to'plam mavjud bo'lib, ulardan Premium obuna egalari foydalanishlari mumkin. Aytish kerakki, garchi siz pullik obunaga a'zo bo'lmagan bo'lsangiz ham, yangi animatsiyali emojilarni o'zingizning Saqlangan xabarlar chatingizda sinab ko'rishingiz mumkin (u yerdan boshqa chatlarga forward qilish foyda bermaydi).

O'QING: Telegram'ga yangi funksiyalar qo‘shildi!