Apple sakkiz yildan buyon dunyoning eng qimmat brendi bo‘lib qolmoqda

  •   Saroy
  •  1019
  •  25.05.2018 10:40

Apple sakkiz yildan buyon dunyoning eng qimmat brendi bo‘lib qolmoqda

Forbes nashri an’anaviy ravishda dunyoning eng qimmat brendlari reytingini tuzib chiqdi. Ayrim kompaniyalar o‘z ko‘rsatkichlarini avvalgi yilga qaraganda  ancha yaxshilashga muvvaffaq bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ammo, mana sakkiz yildirki ro‘yxatning boshini Apple kompaniyasi egallab kelmoqda.

O‘QING: Forbes milliarderi O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqchi

 Forbes’ning hisob-kitobicha, Apple brendining narxi 182,8 milliard dollarni tashkil etgan, o‘sish oldingi yilga qaraganda 8 foizga ko‘p. Garchi, Samsung Apple’ga qaraganda ko‘p smartfon sotgan bo‘lsa-da, “olmali” kompaniya  o‘zining iPhone X modelini savdoga chiqarib hamda narx siyosatini to‘g‘ri amalga oshirib smartfonlar bozaridagi foydasini 87 foizgacha oshira olgan.

Ro‘yxatda undan keyinni joyni 132,1 milliard dollar bilan Google egalladi.  O‘tgan yil ham u  ikkinchi o‘rinda edi, shunga qaramay o‘tgan davr mobaynida ushbu kompaniyaning narxi 30 foizga oshgan. Uchunchi o‘rin Microsoft’ga tegdi. Bu brend 104,9 mlrd dollarga baholangan (o‘sish 21 foiz), to‘rtinchi o‘rinda esa, 94,8 milliard dollar bilan Facebook bormoqda. Qayd etish kerakki, uning ham bir yil ichidagi o‘sishi havas qilgulik, ya’ni 29 foiz.

Kuchli beshlikka 31 foizlik o‘sish bilan Amazon kiritildi. Bu brend 70,9 milliardga baholangan. O‘sish yaxshi bo‘lgani uchun Amazon Coca-Cola’ni kuchli beshlikdan chiqarib yubordi. Hozir Coca-Cola’ning narxi $57,3 milliard dollar.

O‘QING: Bobur Oqilxonov: «AQSh investorlari O‘zbekiston bilan jiddiy qiziqishayapti!»

Hammadan ko‘p smartfon sotgani bilan Samsung Apple’dan ancha orqada qolib ketgan. Uning narxi 47,6 milliard dollar va 7 o‘rinni egallab turibdi. Shunga qaramay, Samsung ham pozitsiyasini yildan-yilga yaxshilab borayotganini qayd etish lozim, chunki bundan ikki yilcha avval u 11 o‘rinda edi.

Nega bu ro‘yxatda Alibaba va Tencent yo‘q? Buni  Forbes faqat AQSh bozorida faoliyat yuritayotgan brendlarni ro‘yxatga kiritgani bilan izoylash mumkin.