Apple sayti tasdiqladi: iPhone SE ham, iPhone 9 ham emas, balki...

  •   DiMaX
  •  2614
  •  03.04.2020 18:24

Apple sayti tasdiqladi: iPhone SE ham, iPhone 9 ham emas, balki...

Kupertinolik korporatsiya iPhone SE hamyonbop smartfonining davomchisini shu kunlarda taqdim etishi kutilmoqda. Bir necha yillardan beri uning iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi kutilayotgandi, nisbatan yaqinda esa iPhone 9 ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

O‘QING: iPhone 9 bugunoq chiqadi – uning g‘ilofi allaqachon do‘konlarga keldi! (+«jonli» rasm)

Qizig‘i shundaki, kuni kecha Apple korporatsiyasining Xitoydagi rasmiy saytida uning suratlari va hatto narxi ham paydo bo‘lgan, o‘shanda nomi iPhone 9 ekanligi ko‘rsatilgan edi. Lekin kompaniyaning AQShdagi rasmiy sayti endi boshqa bir sahifada uning nomini boshqacha – iPhone SE deb ko‘rsatyapti!

Gap shundaki, iPhone SE modeli saytning boshqa ikkita bo‘limida tilga olingan: ayfonlar ekranlari uchun Belkin himoya shishalari sotiladigan sahifada, hamda AppleCare+ kengaytirilgan kafolat bo‘limida.

Shunga qaraganda, Apple bu yilgi ixcham smartfonini eski nomi bilan, faqat yili ham ko‘rsatilgan tarzda – iPhone SE 2020 deb atayapti. Insayderlarga ko‘ra, uni 15 aprelda taqdim qilishadi.

O‘QING: Apple kutilmaganda iPhone’lar egalarini muhim bir imkoniyatdan mahrum etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!