Apple shoshib qoldi: u allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar olyapti!

  •   DiMaX
  •  1354
  •  04.03.2019 09:44

Apple shoshib qoldi: u allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar olyapti!

Janubiy Koreyaning ETNews saytida e’lon qilingan insayderlik ma’lumotiga ko‘ra, Apple bukiluvchi smartfon bo‘yicha ishlarini tezlashtirishgan. Hozirda kupertinoliklar qayishqoq displeylar yetkazib berish bo‘yicha Samsung bilan muzokaralar olib borishmoqda.

O‘QING: Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

Xabarga ko‘ra, egiluvchan displeylarning bir necha turdagi prototiplari allaqachon Apple korporatsiyasiga yetkazib ham berilgan. Samsung zavodi hozirda yiliga faqat 2,4 millionta qayishqoq displey ishlab chiqarishga qodir. Apple bilan hamkorlik qilish uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini yiliga 10 milliontaga yetkazish kerak bo‘ladi.

Apple korporatsiyasiga allaqachon taqdim etilgan egiluvchan displeyning diagonali 7,2 dyuymlik; bu esa Galaxy Fold ekranidan atigi 0,1 dyuymga kichkina. Biroq kupertinoliklar bu displeyni aynan qanday qurilmaga o‘rnatishlari hozircha noma’lum. Bu ixcham va bukiluvchan iPad bo‘lishi yoki ham smartfon, ham planshet rejimida ishlay oluvchi yangi avlod iPhone bo‘lishi mumkin.

 

Hozirda eng ilg‘or buklama smartfonlar sifatida Samsung Galaxy Fold hamda Huawei Mate X e’tirof etilmoqda. Ammo ulardan ham avval uncha tanilmagan xitoylik kompaniya shunaqa modelini sotuvga chiqarib ham ulgurgandi.

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!