Apple sir tutayotgan yangi gadjetni taqdimotdan avval «jonli» tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1429
  •  19.11.2018 12:25

Apple sir tutayotgan yangi gadjetni taqdimotdan avval «jonli» tomosha qiling!

Kupertinolik korporatsiya bu yil sentyabrdagi taqdimotida o‘zining yangi avlod smartfonlarini namoyish etgan bo‘lsa, oktyabrdagi tadbirida boshqa devayslarini ham ko‘rsatdi. Lekin ko‘pchilik kutayotgan yana bitta devays borki, Apple u haqda hozircha bir og‘iz ham ma’lumot bermayapti.

O‘QING: Apple yangilangan MacBook Air, Mac mini, iPad Pro va iOS 12.1’ni taqdim etdi (+videolar)

Xullasi kalom, Apple sir tutayotgan yangi devays AirPods 2 rusumli simsiz quloqchindir. Xitoylik insayderlar bu qurilmaning ilk «jonli» suratlarini e’lon qilishdi. Avvalo, Apple AirPods 2 g‘iloflarining rasmlariga e’tibor qaratamiz:

Garchi kompaniya o‘zining yangi iPad’ida allaqachon USB-C portiga o‘tgan bo‘lsa-da, quloqchin qutichasi negadir Lightning porti bilan jihozlangan.

O‘QING: Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

Ikkinchi fotosuratda esa bevosita Apple AirPods 2 quloqchinining o‘zini ham ko‘rishingiz mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, mazkur gadjet g‘ayrioddiy – oq-moviy tusli korpusga ega. Ehtimol, bu hali AirPods 2’ning yakuniy versiyasi bo‘lmasligi ham mumkin, ammo yaqin orada barchasiga aniqlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi avlod Apple AirPods simsiz quloqchinini Terashop.uz internet-do‘konimizda 1 279 000 so‘m evaziga xarid qilish imkoni bor. Shuningdek, bu yerda siz boshqa kompaniyalarning 132 000 so‘mdan boshlanuvchi turli quloqchinlarini sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!