Apple sizni ham «sloufi» qilishga chorlayapti (+4 ta video)

  •   DiMaX
  •  1268
  •  30.12.2019 13:53

Apple sizni ham «sloufi» qilishga chorlayapti (+4 ta video)

iPhone 11 turkumidagi smartfonlarning o‘ziga xos jihatlaridan birini Apple taqdimotda alohida ta’kidlab o‘tgandi. Bu – old kameradagi «sloufi» rejimi bo‘lib, uning yordamida selfi-kamera orqali sekinlashtirilgan video olinadi.

O‘QING: iPhone 11’dagi eksklyuziv funksiya endi Samsung smartfonlariga ham qo‘shiladi!

Apple ushbu funksiyani eslatish va ayfon egalariga undan foydalanishni o‘rgatish maqsadida YouTube’da bir nechta videorolik e’lon qildi.

Birinchi videoda yorqin fonni qo‘llagan holda hashamatli «sloufi» olishga tayyorlanayotgan qiz ko‘rsatiladi. Uning videoga olish jarayonini kutilmaganda ukasi buzib qo‘yadi:

Ikkinchi rolik esa «sloufi» qilishdan huzurlanuvchi erkak kishini aks ettiradi va u juda g‘alati chiqqan:

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Uchinchi lavhada ko‘rsatilgan uch nafar dugona esa, bir qarashda go‘yo klubdagi qizg‘in oqshomda «sloufi» qilayotgandek ko‘rinadi. Aslida esa ular shunchaki bir supermarketning muzlatish kamerasi oldida sho‘xlik qilishayotgan bo‘lib chiqadi:

So‘nggi videolavha biryo‘la iPhone 11’larning suvdan himoyalanganligini ham aks ettiradi. Undagi erkak go‘yoki yomg‘ir ostida «sloufi» qilayotgan bo‘lsa-da, aslida bu yomg‘ir emas, balki maysalarni sug‘orish tizimidan sachrayotgan suv ekanini ko‘ramiz:

Ushbu qisqa lavhalar qiziqarli va quvnoq chiqqan; Apple bu bilan iPhone 11 egalarini «sloufi»ning shu kabi imkoniyatlaridan foydalanishga chorlayapti.

O‘QING: Apple keyingi yil bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!