Apple sobiq bosh dizayneri endi Ferrari’ning bosh direktori bo‘lishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  391
  •  14.12.2020 13:19

Apple sobiq bosh dizayneri endi Ferrari’ning bosh direktori bo‘lishi mumkin!

Bundan bir necha kun avval Ferrari kompaniyasi kutilmaganda bosh direktorsiz qoldi. Luis Kamilleri (Louis Camilleri) tasodifan «shaxsiy sabablarga ko‘ra» iste’fo berdi, lekin bu borada hozircha tafsilotlar ma’lum qilinmayapti.

O‘QING: Yaponiyada dovul yuzlab mashinalarni (ellikta Ferrari ham) yo‘q qildi

Italiyaning ushbu nomdor avtokonserniga hozir boshqaruv raisi Jon Elkann (John Elkann) vaqtincha yetakchilik qilib turibdi. Mamlakat ommaviy axborot vositalarida Ferrari rahbari kreslosiga talabgorlar qatorida Apple korporatsiyasining nufuzli lavozimlarida ishlagan ikki nafar xodimni ham ko‘rsatishmoqda.

Bulardan birinchisi kupertinoliklarning amaldagi katta vitse-prezidenti hamda bosh moliyaviy direktori Luka Maestri (Luca Maestri) bo‘lsa, ikkinchisi  – bir yil avval Apple’ni tark etgan sobiq bosh direktor hamda bosh dizayner Joni Ayv (Jonathan Ive) bo‘ladi.

O‘QING: Ikkinchi marta “yetim qolgan“ iPhone xronologiyasi

Haqli savol tug‘iladi: mutaxassisligi umuman boshqa bo‘lgan kishining avtokonsernga bosh direktor bo‘lishi qanchalik mantiqqa mos? OAV bunga javoban ta’kidlashicha, Ferrari’ga rahbarlik qiladigan kishi aynan avtomobil industriyasida mutaxassis bo‘lishi shart emas.

Yorqin misol: Kamilleri ham bu lavozimidan avval tamaki va oziq-ovqat sohalarida ishlagan. Shunga qaramasdan, uning boshqaruvi davrida Ferrari aksiyalari bir yarim baravarga o‘sgan, kompaniyaning o‘zi esa bozordagi eng serdaromadlaridan biriga aylangan.

Biroq hozir ushbu afsonaviy mashinasoz o‘ta muhim davr – elektrokarlar va gibrid avtomobillarga o‘tish arafasida turibdi. Shu boisdan ham yangi rahbarni tanlashda adashmaslik o‘ta muhim.

O‘QING: Eng ommabop elektromobillar reytingi: Tesla’ga nemislar yetay deb qolishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!