Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

  •   DiMaX
  •  1546
  •  23.08.2018 08:06

Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Pochta va kargo xizmatlari manzilni adashtirib, jo‘natmalarni boshqa joyga eltib berishlari – uchrab turadigan holat. Lekin kuni kecha yanglish holda AQShdagi Apple do‘konlaridan biriga olib kelingan jo‘natma juda antiqa chiqdi...

O‘QING: Narkotik sotuvchisi WhatsApp orqali antiqa tarzda qo‘lga tushdi

Nyu-York shahridagi eng yirik Apple Store do‘konlaridan FedEx xizmati orqali g‘ayrioddiy jo‘natma keltirib berishdi. Uni ochib ko‘rgan xodim salkam bir kilogramm keladigan noma’lum modda borligini ko‘rdi. Bu qutidagi kristallsimon narsaning metamfetamin degan narkotik modda ekanligi aniqlangach, politsiya kelgan va do‘konni yopgan. Masalaga oydinlik kiritilganidan, ya’ni bu jo‘natma boshqa manzilga yo‘llangan bo‘lib, FedEx xodimi bu yerga adashib olib kelganligi aniqlanganidan keyin politsiya uni ashyoviy dalil sifatida olgan.

Huquq-tartibot idorasi xodimlari jo‘natma yuborgan shaxsning nomini oshkor etishmadi, ammo uni allaqachon qo‘lga olishganini aytishdi. FedEx xizmatidagi ma’lumotlar orqali uni topish qiyin bo‘lmagan.

Apple odatda bu kabi holatlar yuzasidan biror tushuntirish bermaydi.

O‘QING: Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!