Apple tarixidagi eng arzon iPad nega "ideal" planshet?

Apple tarixidagi eng arzon iPad nega

27 mart kuni Apple kompaniyasi o‘zining yangilangan iPad planshetini jamoatchilik e’tiboriga havola qildi. Taqdimotda ma’lum qilinishicha, 9,7 dyuymli ekranga ega bo‘lgan iPad — jahonning eng ommalashgan plansheti ekan. Shubha yo‘q, yangi gadjet ham bu nomni yanada mustahkamlaydi.

Ayped korpusi avvalgilaridek – metalldan ishlangan bo‘lib, tillarang va kul rang tuslarda taqdim etilgan. Qurilma birinchi avlod Touch ID barmoq izi skaneriga ega.

2018 yilning mazkur yangi iPad qurilmasi Apple A10 Fusion protsessoriga ega bo‘lgan hamda bu devays Apple Pencil qalamchasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu stilus shu vaqtgacha iPad Pro turkumidagi planshetlar uchun ishlab chiqarilar edi. Aynan mana shu elektron pero va protsessor gadjetdagi diqqatga sazovor o‘zgarishlar hisoblanadi.

Devaysning Wi-Fi talqinining narxi 329 AQSh dollaridan boshlanadi. AQSh maktab va universitetlari uni chegirma bilan – 299 dollarga ham olish imkoniyatiga egalar. Biroq, planshet uchun zarur Apple Pencil qalamchasini alohida 99 dollardan xarid qilish kerak bo‘ladi. Maktablar uchun esa bu stilus 89 dollarga tushadi.

299 dollar -- bu kompaniya tarixidagi eng arzon planshet! 

Kompaniya yozda Schoolwork nomli dasturlar tizimini ishga tushirishni reja qilgan. Uning yordamida o‘qituvchilar o‘quvchilari bilan aloqa qiladilar, xususan vazifalarni yo‘llab, ularni tekshirishlari, o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Boshqa iPad qurilmalarini hisobga olmaganda, bu narx evaziga uning biror bir munosib raqibini xarid qilish imkonsiz.

So‘nggi yillarda planshet bozoridagi savdoning o‘sishi u qadar yuqori emas. Ko‘pchilik uchun smartfonlar kifoya qilmoqda. iPad devaysidan tashqari, bozorda Samsung ishlab chiqarayotgan bir nechta planshetlar hamda xitoylik ishlab chiqaruvchilarning hamyonbop elektron qurilmalari mavjud.

Shu bilan birga, iPad qurilmasida planshetlar uchun maxsus ishlab iqarilgan operatsion tizimdan foydalaniladi. Qolgan planshetlarga esa smartfonlarga mo‘ljallangan Android operatsion tizimi o‘rnatiladi. Baxtga qarshi, so‘nggi yillarda Android tizimi planshetlar uchun moslashtirilmagan.

Eng arzon iPad planshetida 9,7 dyuymli, 1536x2048 piksel sig‘imli displey o‘rnatilgan. Bu displey sifatiga ko‘ra vaqt sinovidan o‘tgan va ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan. Yorqin va yetarli kontrast hamda rangga to‘yingan ekran foydalanuvchini xursand qiladi. Xaridor puliga o‘zi xohlaganidek sifatli gadjet sotib oladi.

8 megapikselli orqa kameraning sifatiga chidasa bo‘ladi, biroq 1,2 megapiksel aniqligida surat oluvchi old kamera Apple uchun uyat. HD-video yozib olishni qo‘llab-quvvatlaydigan bu FaceTime kamerasi video qo‘ng‘iroq uchun ma’qul kelsa ham, selfi suratlar olganda bir oz dilni xira qilishi mumkin. To‘g‘ri, planshetda selfi olishning o‘zi bir oz g‘alati.

Bosh kamera olgan suratlar:

iOS 11 tizimi boshqaruvida ishlaydigan planshet Apple muxlislariga ko‘ngilochar dasturlar qatorida, bir qator murakkab va foydali funksiyalarni ham taklif qiladi. Mobil tizimning o‘n birinchi avlodi ko‘p oynali interfeys, Drag&Drop hamda macOS kabi ilovalar doskasini taqdim qiladi.

Apple har bir yangi taqdimotida iPad qurilmasiga biror yangi funksiya qo‘shadi. Bu funksiyalar yordamida planshet asta-sekin kompyuterning o‘rnini bosadigan bo‘lib boradi. Yangi aypeddagi bu jihat hozircha Apple tomonidan ma’lum qilinmagan.

430 AQSh dollariga planshetning 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinini xarid qilish mumkin. Bu xotiraning bir qismini iOS tizimi egallab olishini hisobga olsak,foydalanuvchiga 25 GB hajmidagi xotira maydoni taqdim qilinadi. Agar siz barcha ma’lumotlaringizni "bulutli xizmat" (iCloud) da saqlashga odatlangan bo‘lsangiz, planshetda uning zarur barcha dasturlar mavjudligi hisobiga, bu xotira siz uchun yetarli bo‘ladi. Bo‘lmasa, 550 AQSh dollariga 128 gigabaytli talqinni xarid qilish kerak bo‘ladi.

2018 yilning yangi iPad qurilmasiga oid eng muhim yangilik — LTE moduliga ega modelning narxidir. Agar sizga mobil operator sim-kartasida ham ishlaydigan ushbu talqin zarar bo‘lsa, yana 170 AQSh dollari sarf qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu eng arzon modelning yarim bahosi degani va ishlab chiqaruvchining xatosi bo‘lishi mumkin.

LTE-modem 300 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Uning tezkor xotira hajmi esa 2 gigabaytni tashkil etadi.

Planshet to‘liq quvvat bilan 10 soat mobaynida foydalanuvchiga beminnat xizmat qiladi.

LTE-versiyaga qo‘yilgan narxni hisobga olmaganda, iPad taqdimoti yaxshi o‘tdi. Pro talqindagi planshetlar kabi, yangi devays ham ko‘rinishidan sifatli va hashamdor. Shu bois, iPad 2018 sotib olish — yilning eng munosib xaridi bo‘ladi.

Yangi iPad 2018 yilning mayidan boshlab xalqaro bozorda ham sotiladi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!