Apple tasodifan o‘z rasmiy kanalida iPhone 12 taqdimot sanasini sotib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1019
  •  21.08.2020 09:47

Apple tasodifan o‘z rasmiy kanalida iPhone 12 taqdimot sanasini sotib qo‘ydi

Jon Prosser (Jon Prosser) yangi ayfonlarning sentyabrda emas, balki oktyabrda namoyish qilinishini aytgan va buni Apple ham rasman tasdiqlagan edi. Keyinroq esa ayni shu insayderning o‘zi iPhone 12 turkumi hamda yangi Apple Watch hamda iPad’larning aniq namoyish sanalarini ham e’lon qilgan.

O‘QING: iPhone 12: «jonli» suratlar Apple fanatlarining hafsalasini pir qildi!

Apple kompaniyasi endi bilmasdan yangi taqdimot kunini o‘zining rasmiy YouTube-kanalida aytib qo‘ydi. U yerda mazkur tadbir translyasiyasining «sinov» videosi chiqqan, keyin korporatsiya vakillari uni darrov olib tashlashgan. Lekin shungacha bu ma’lumot internetga tarqalib ulgurgan.

Skrinshotdan anglashilib turganidek, taqdimot marosimining translyasiyasi shu yilning 10 sentyabrida, Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi:

Aytish kerakki, tadbirning sanasi ham, u belgilangan hafta kuni ham Apple an’analariga to‘la mos keladi. Kupertinolik korporatsiya odatda taqdimotlarni haftaning boshida o‘tkazadi va o‘sha haftaning juma kuni oldindan buyurtmalar ola boshlaydi.

Lekin shunisi ham borki, translyasiya odatda taqdimot marosimining o‘zi boshlanishidan bir soat avval boshlanar edi. Shu boisdan mazkur skrinshotga biroz shubha bilan qarash o‘rinli.

O‘QING: Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?