Apple tengdir Apple'ga (2): iPhone 14 Pro Max tannarxi sotuvdagi narxning yarmidan ham kam

Apple tengdir Apple'ga (2): iPhone 14 Pro Max tannarxi sotuvdagi narxning yarmidan ham kam

Apple kompaniyasi o'tgan yil sentabrida o'zining yangi avlod flagmanlari, iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilgan edi. Qatordagi eng yuqori model iPhone 14 Pro Max bo'lib, uning bazoviy 128 GB xotira variantlisi uchun narx 1099 dollardan boshlanadi. Biroq, asli smartfonni ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag' ushbu narxning yarmiga ham teng emas.

Counterpoint Research bergan ma'lumotlarga ko'ra, 128 GB xotirali iPhone 14 Pro Max (mmWave) smartfonini ishlab chiqarish Apple'ga 474 dollarga tushadi. Xuddi shunday xotira bilan keladigan, lekin 6 gigagertsdan past variantli model tannarxi esa 454 dollarni tashkil qiladi. Bularning ikkovini birlashtirgan holda iPhone 14 Pro Max smartfonlarini ishlab chiqarish Apple'ga o'rtacha 464 dollardan tushishini tahmin qilish mumkin. Bu o'tgan yilgi iPhone 13 Pro Max o'rtacha tannarxidan 3.7% ga qimmat bo'lib, bunda asosan protsessor, displey va kamera narxlari oshgan.

Ta'kidlash joizki, Apple'ning iPhone 14 Pro Max smartfoniga o'rnatilgan A16 chipseti 16 milliard tanzistorlarni o'z ichiga oladi va bu avvalgi A15 chipiga qaraganda 6.7% ga ko'p hisoblanadi. Ushbu 4 nanometrli chipning o'zi smartfon narxining 11% oshishiga sabab bo'ladi va tannarxda 20% ulushni egallaydi.

iPhone 14 Pro modellari Apple smartfonlari tarixida ilk bor Always-On xususiyatiga ega displey bilan jihozlangan. Samsung tomonidan ta'minlangan displey bilan iPhone 14 Pro Max DxOMark'da eng yaxshi displeyga ega smartfon deb topilgan. Albatta, bunday yaxshilanishlar narx oshishiga sabab bo'lmay qolmaydi. Smartfon displeyi uning tannarxida 20 foizni band qiladi.

iPhone 14 Pro Max 48 megapikselli asosiy kameraga ega bo'lib, uning sensor maydoni iPhone 13 Pro Max'dagidan 65 foizga kattaroqdir. Asosiy kameraning sensorli siljish stabilizatsiyasi ham iPhone 14 Pro Max'da yangi bosqichga chiqarilgan. Shu va boshqa yaxshilanishlar bilan smartfon kamera kategoriyasi 6.30 dollarga qimmatlashgan.

O'QING: Huawei ham o‘zining yangi smartfonini "dinamik orol" bilan chiqaradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!