Apple tez kunda o'zining virtual reallik qurilmasini taqdim qilishi mumkin!

Apple tez kunda o'zining virtual reallik qurilmasini taqdim qilishi mumkin!

Apple bir haftadan so'ng o'zining WWDC 2022 taqdimotini o'tkazishni rejalashtirgan va biz unda kompaniyaning mutlaqo yangi AR/VR qurilmasining taqdimotiga guvoh bo'lishimiz mumkin. So'nggi yangiliklarga ko'ra, kupertinolik kompaniya ushbu virtual reallik mahsulotlarida ishlaydigan "RealityOS" operatsion tizimi uchun ikki tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazgan.

Ma'lum bo'lishicha, "kiyiladigan kompyuter qurilmasi" uchun berilgan ariza (1, 2) Parker Ortolani tomonidan payqab qolingan va u 2021-yilning 8-dekabrida Realityo Systems kompaniyasi orqali ro'yxatdan o'tkazilgan. "RealityOS" nomi joriy yilning yanvar oyidan boshlab Apple'ning dasturlari uchun kod manbalarida paydo bo'lgan edi va qaysidir noma'lum kompaniyaning ushbu nom bilan tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishi tasodif emasga o'xshaydi.

Realityo Systems kompaniyasi Apple odatda o'z sirlarini yashirish uchun foydalanadigan kompaniyalardan biri ekanligining ehtimoli katta, chunki u Apple xaridorlik qiladigan Corporation Trust Center nomli haqiqiy kompaniya tomonidan ro'yxatdan o'tgan. Ta'kidlash joizki, "RealityOS" savdo belgisi uchun USPTO (AQSh patent va tovar belgisi markazi) bilan "xalqaro ariza berish"ning oxirgi muddat sifatida 2022-yil 8-iyun belgilangan. Bu esa WWDC 2022 tadbiridan ikki kun keyingi sana bo'lib, Apple odatda o'zining taqdim qilingan mahsulotlari savdo belgilarini ular chiqarilganidan bir necha kun o'tib o'ziga o'tkazib oladi. Shuningdek, "RealityOS" arizalarida "foydalanish isboti"ning mavjud emasligi uning chiqarilmagan mahsulot bilan bog'liqligini tasdiqlaydi.

Mish-mishlarga ko'ra, bo'lajak Apple AR/VR qurilmasining narxi $3,000 bo'lishi mumkin.

O'QING: iPhone 14 qatoridagi modellarning biri biroz kechikib chiqarilishi mumkin