Apple bug-qidiruvchilarga maxsus iPhone taqdim qilishi mumkin

Apple bug-qidiruvchilarga maxsus iPhone taqdim qilishi mumkin

Apple yaqin fursatlar ichida tizim kamchiliklarini aniqlovchi mutaxassislarga bug (xato) larni aniqlash uchun maxsus iPhone'lar taqdim qilishni boshlaydi.

Shuningdek, kompaniya va nihoyat Mac kompyuterlari uchun "bug bounty" (xatolarni qidirib topish) dasturini ham ishga tushiradi. Bu haqda Forbes nashriga tayanib Engadget sayti xabar bermoqda. Aytilishicha, kompaniya ushbu yangilikni hafta oxirida Las Vegasda bo‘lib o‘tadigan Black Hat ("Qora shlyapa") nomli xavfsizlik masalasidagi konferensiyada ma’lum qiladi. Bundan maqsad kompaniyaning defektiv bug bounty dasturini kuchaytirishdir. Texnogigant maxsus taklif qilingan bug-qidiruvchi (tizim kamchiliklarini aniqlovchi)larga dastur uchun maxsus ishlab chiqarilgan iPhone'lar taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Ularga beriladigan maxsus smartfonlardagi operatsion tizim keng iste’mol uchun chiqariladigan qurilmalardagidan ko‘ra ochiqroq bo‘ladi. Forbes'ning yozishicha, bu iPhone'lar kompaniya ishchilariga mo‘ljallangan qurilmalardek ochiq bo‘lmasa-da, bug-qidiruvchilarga smartfonga oddiy foydalanuvchidan ko‘ra ko‘proq "kirib borish" imkonini beradi. Masalan, ular operatsion tizim yoki xotira kabi jihatlarni chuqurroq o‘rganib chiqa olishadi.
Bunga qo‘shimcha, kompaniya ancha vaqt kechiktirib kelingan MacBook bug bounty dasturini ham boshlamoqda.
Joriy yil boshida bug-qidiruvchilardan biri administrator bo‘lmasdan turib ham MacBook login va parollar tizimidan parollarni ko‘rishga imkon beruvchi kamchilikni aniqlagan edi. O‘shanda u bug bounty dasturi faqatgina iOS uchunligini, macOS'dagi kamchiliklarni aniqlagani uchun kompaniya unga haq to‘lamasligini ta’kidlab, bug tafsilotlarini kompaniyaga ma’lum qilishdan bosh tortgan.
Bug-qidiruvchilardan yana biri, macOS'dagi qator kamchiliklarni aniqlagan Patrik Uordl Forbes'ga bergan intervyusida Apple kabi katta mablag‘ga ega va ayniqsa, xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi gigant kompaniya uchun bug bounty dasturini amalga oshirishning ahamiyatini oddiy odam ham tushunib yetishini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, janob Uordlning o‘zi Jamf kompaniyasining bosh bug-qidiruvchisi sanaladi.
Bug-qidiruvchilarga dasturiy va apparat ta’minotdagi kamchiliklarni aniqlaganligi uchun mukofot va’da qilish, ularni bu buglar haqida kompaniyaga to‘liq ma’lumot berishga undaydi. Bu bilan kompaniya mahsulotlari yanada xavfsiz va ishonchliga aylanadi.

O‘QING: Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!