Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  452
  •  28.06.2021 13:15

Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

Smartfon, planshet va boshqa zamonaviy gadjetlardan elektromagnit nurlanishi chiqib turishidan xabaringiz bor. Bu esa boshqa jihozlarga, ayniqsa, tibbiy uskunalarga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

O‘QING: Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!

Apple yangi hujjatida implantatsiya qilingan kardiostimulyatorlar va defibrillyator kabi tibbiy priborlardan uzoqroq tutish kerak bo‘lgan o‘z mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, magnit maydoni ta’sir ko‘rsatishining oldini olish uchun ularni tibbiyot uskunalaridan kamida 6, ayrimlarini 12 dyuym (tegishlicha taxminan 15,5 va 31 santimetr) masofada tutish talab etiladi.

Mazkur ro‘yxatga quyidagi devayslar kirgan:

  • AirPods quloqchini va uni quvvatlash keysi va simsiz quvvatlash keysi
  • AirPods Pro quloqchini va uni simsiz quvvatlash keysi
  • AirPods Max hamda Smart Case
  • Apple Watch soatlari va ularning aksessuarlari
  • HomePod
  • iPad planshetlari
  • iPad mini planshetlari
  • iPad Air planshetlari
  • iPad Pro planshetlari
  • iPad Smart Cover hamda Smart Folio g‘iloflari
  • iPad Smart Keyboard hamda Smart Keyboard Folio
  • iPad uchun Magic Keyboard
  • iPhone 12 turkumi smartfonlari
  • MagSafe aksessuarlari
  • Mac kompyuterlari va ularning aksessuarlari
  • Mac mini
  • Mac Pro
  • MacBook Air
  • MacBook Pro
  • iMac
  • Apple Pro Display XDR
  • Beats
  • Beats Flex
  • Beats X
  • PowerBeats Pro
  • UrBeats3

So‘nggi avlod smartfonlarining elektromagnit to‘lqinlari bilan tibbiyot uskunalariga xalaqit berishini Apple avval-boshdanoq tan olgan. E’tibor bering: bu yerda ushbu seriyadagi to‘rtta smartfon – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellari haqida gap ketyapti.

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha smartfonlarning xotira variantlari va narxlari bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!