Apple to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  879
  •  12.06.2020 12:14

Apple to‘qqizta yangi iPhone va bitta iMac’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone 12 turkumidagi smartfonlari kuzda namoyish etilishi kerak. Kuni kecha u Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida yangi mahsulotlarini registratsiya qildirdi.

O‘QING: Apple qancha chiranmasin, iPhone 12’lar taqdiri baribir Samsung’ga bog‘liq!

Bular – avvalo, to‘qqizta smartfon bo‘lib, A2176, A2172, A2341, A2342, A2399, A2403, A2407, A2408 va A2411 model raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning barchasi iOS 13 operatsion tizimida ishlaydi, lekin taqdimoti arafasida bu ma’lumotni yangilab, gadjetlar iOS 14’ni qo‘llab-quvvatlashini qo‘shib qo‘yishsa kerak.

Tabiiyki, bular – to‘qqizta turli rusumlardagi iPhone’lar emas, zero, kuzda «atigi» to‘rtta ayfon chiqishi kutilmoqda. Ularning narxlariyam aytilgan: boshlang‘ich modeli iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi!

Bundan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlar bazasida Apple’ning yangi kompyuteri – macOS 10.15 tizimli A2330 modeli ham paydo bo‘lgan. Uning joriy oy so‘ngidagi WWDC 2020 tadbirida, yangi avlod iMac sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Android-smartfonlar egalari kutayotgan funksiya iPhone’larga taqdim etilyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.