Apple umuman iPhone 13 nomli smartfon chiqarmasligi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1017
  •  01.02.2021 13:46

Apple umuman iPhone 13 nomli smartfon chiqarmasligi mumkin!

Kupertinolik korporatsiya 2021 yilda chiqarishi kutilayotgan smartfonlar orasida iPhone SE 3 ham bor va uni eng ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi, deyishmoqda. Shu bilan birga, bulturgi iPhone SE 2020 modelining Plus-versiyasi ham chiqishini ko‘plab insayderlar aytishgan.

O‘QING: Bu yil chiqadigan iPhone SE Plus: dizayni, xususiyatlari va narxi

Lekin ayrim insayderlar mazkur korporatsiya bu yil iPhone 13 nomli smartfon chiqarmasligini aytishmoqda. Biroq bu – iPhone 12 turkumining davomchisi umuman bo‘lmaydi, degani emas. Apple ularni boshqacharoq – nom ostida iPhone 12S turkumi sifatida taqdim etadi.

Jumladan, taniqli tarmoq informatori Jon Prosser (Jon Prosser) ular haqida ayrim qiziq ma’lumotlarni ulashdi. iPhone 12S modelida yangicha – LTPO displey qo‘llanadi va uning kadr yangilanish chastotasi 120 gersgacha boradi. Bu ayfonda kamera yaxshilanadi, yana old kamera tizimi uchun ekranda o‘yilgan kemtik kichraytiriladi.

Insayderning qo‘shimcha qilishicha, Apple kompaniyasi irim tufayli iPhone 13 nomli smartfonni umuman chiqarmasligi mumkin. Ya’ni, bu yil iPhone 12S turkumi, keyingi yilda esa biryo‘la iPhone 14 smartfonlari taqdim etilishi ehtimoli mavjud. Lekin bunga ishonish qiyinroq: mazkur kompaniya faoliyatida irimchilik ta’siri kuzatilmaydi – uning mahsulotlari orasida Apple A13 Bionic protsessori hamda MacBook Pro 13 noutbuki ham bor.

Lekin shunisi ham borki, Jon Prosser ayni shu noutbukning hamda iPhone SE 2020 smartfonining namoyish kunlarini oldindan aniq aytgan. Ya’ni, bu insayder bergan ma’lumotlar odatda to‘g‘ri bo‘lib chiqyapti.

O‘QING: iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!