Apple “Unleashed“ taqdimoti: nimalar taqdim etiladi?

Apple “Unleashed“ taqdimoti: nimalar taqdim etiladi?

Apple dushanba kuni 2021 yildagi ikkinchi yirik tadbirini o‘tkazadi. “Unleashed“ deb nomlangan virtual tadbirda Apple maxsus ARM ga asoslangan protsessorlar bilan jihozlangan yangi MacBook noutbuklari taqdim etadi. 

O‘QING: Yangi MacBook Pro haqida ilk ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi 

Tadbir Apple'ning Kaliforniyadagi shtab-kvartirasida soat 10:00 da boshlanadi hamda shu yerning o‘zidan efirga uzatiladi. Tadbirda yangi MacBook Pro va Mac mini noutbuklari hamda yangi avlod AirPods quloqchinlari taqdim etiladi. 

Yangi MacBook Pro'ning 14 hamda 16 dyuymli modellari bo‘ladi. Bloomberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra, noutbuklar Apple M1X chipida ishlaydi. Ushbu chip o‘tgan yilgi M1 chipining yangilangan versiyasi bo‘ladi. 

Yangi chip 10 ta CPU yadro hamda 16 ta yoki 32 ta GPU yadrolariga ega bo‘lib, bu noutbuklarining unumdorligini anchaga oshiradi. 

Yangi chipdan tashqari, yangilangan MacBook Pro yangi LED displeylariga ega bo‘ladi, ular standart LED panellaridan farqli o‘laroq, yuqori darajagadagi ranglar aniqligini taklif qiladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yangi noutbuklarga HDMI porti va SD karta uyasi qaytariladi. Apple o‘tgan yilgi modellardan ushbu portlarni olib tashlagan edi. Portlarning qaytishi rasm va video muharrirlar uchun quvonarli holat, chunki ular HDMI porti hamda SD karta uyasidan ko‘p foydalanishadi. 

MacRumors ma’lumotlariga ko‘ra, yangi MacBook Pro'lardan Touch Bar olib tashlanadi. Uning o‘rnida faqatgina klaviatura bo‘ladi xolos. 

Shuningdek, MacBook Pro bilan birga, Mac mini ham M1X chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bir yil oldin M1 chipida ishlovchi MacBook'lar bilan bir qatorda, Apple ayni shu chip bilan jihozlangan Mac mini'ni ham taqdim etgan edi. 

Nihoyat, Apple uchinchi avlod AirPods quloqchinlarini ushbu tadbirda taqdim etishi mumkin. Ushbu AirPods haqidagi mish-mishlar bir necha oy oldin tarqalishni boshlagan edi.

Dastlab ular Apple kompaniyasining sentyabr oyida o‘tkazgan tadbirida e’lon qilinishi kutilgan edi, lekin quloqchinlar bu tadbirda taqdim etilmadi. 

Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi AirPods quloqchinlarining dizayni hamda quvvatlash qutisi AirPods Pro modelinikiga o‘shash bo‘ladi, 

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan iPhone 13 seriyasi hamda  Apple Watch 7 Series taqdimotidan so‘ng, ushbu tadbir Apple'ning 2021 yildagi ikkinchi katta taqdimot marosimi bo‘ladi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 13 seriyasidagi smartfonlar yaxshi sotilmoqda, Apple ham pandemiya sabab bo‘lgan chiplar yetishmasligidan zarar ko‘rmoqda.

Buning natijasida kompaniya iPhone 13 buyurtmalarini 10 million donaga qisqartirishga majbur bo‘ldi. Chiplar tanqisligi MacBook sotuviga ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi, bu hozircha aniq emas. 

Pandemiya davrida Mac noutbuklariga bo‘lgan talab oshdi. Sababi masofadan turib ishlash uchun ko‘plab noutbuklar sotib olishga to‘g‘ri keldi. Natijada Apple'ning Mac noutbuklaridan oladigan foydasi 2019 yilda 25.7 milliard dollardan 28.6 milliard dollarga oshgan edi. 

So‘nggi chorakda esa ushbu noutbuklardan keladigan foyda 7 milliard dollardan 8.2 dollarga oshdi. 

O‘QING: 14 yil ichida iPhone'lar qanchaga qimmatlashgan? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!