Apple ustidan kulgan Xiaomi’ning o‘zi ham Mi 11 qadog‘idan zaryadnikni olib tashlayapti! («jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  1253
  •  26.12.2020 11:08

Apple ustidan kulgan Xiaomi’ning o‘zi ham Mi 11 qadog‘idan zaryadnikni olib tashlayapti! («jonli» suratlar)

Yodingizda bo‘lsa kerak, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Apple ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan. Lekin ko‘p o‘tmay...

O‘QING: Apple’ni masxara qilgach, Samsung o‘zi ham smartfonlar qadog‘idan muhim aksessuarlarni olib qolyapti!

Odatda Apple biror yangilikni amalga oshirganida, boshqa smartfonsozlar buni tanqid qilishadi, ustidan kulishadi, lekin ko‘p o‘tmay o‘zlari unga ergashishadi. Mobil qurilmaning qutisidagi jamlanmaga quvvatlash uskunasini qo‘shmaslik borasida ham shunday bo‘lyapti, shekilli.

Internetda Xiaomi Mi 11 flagmanining qutisi aynan iPhone 12 qadog‘i bilan taqqoslab ko‘rsatilgan «jonli» surat tarqaldi. Ularning har ikkalasi deyarli bir xil qalinlikda ekanligidan kelib chiqadiki, «Xitoycha Apple» ham jamlanma tarkibini qisqartirgan.

Odatda qadoqda hajm jihatidan eng katta bo‘lgan aksessuar esa quvvatlagichdir; kutilayotgan smartfonning qutisi yupqalashganiga qarab, aynan shu moslama unga qo‘shilmaganini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 sotuvga chiqdi: barcha variantlarining narxlari bilan tanishing!

Shuningdek, Xiaomi Mi 11 modelining ekrani yoqiq holdagi yangi «jonli» rasmlari ham tarqaldi. Uning displeyida telefonning muhim xususiyatlari aks etgan: 12 gigabaytlik tezkor xotira, MIUI 12.0.9 grafik qobig‘i ostidagi Android 11 operatsion tizimi va Snapdragon 888 protsessori.

Esingizda bo‘lsa, yaqinda biz Xiaomi Mi 11 flagmanining ishlayotgan holida «jonli» suratini e’lon qilgan edik. So‘ng esa o‘sha rasm ham feyk ekanligi, ya’ni, bu smartfonda oddiy old kamera ishlatilayotgani aniqlangan. Lekin o‘shanda ko‘rsatilgan «yashirin kamera»li qurilma standart flagman emas, balki Xiaomi Mi 11 Pro talqini bo‘lib chiishi ham mumkin.

Bu ikkala flagmandan tashqari...

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!