Apple o‘zining iMac monobloklarini rasman yangiladi

Apple o‘zining iMac monobloklarini rasman yangiladi

Apple kompaniyasi iMac monobloklari seriyasini rasman yangiladi. 21,5-dyuymli (1 dyuym – 2,54 sm), odatdagidan 4,5 barobar ko‘proq piksellarga ega 4K (4096 × 2304) formatdagi  Retina IPS-displeyi bilan ta’minlangan modifikatsiya namoyishning eng asosiy yangiligi bo‘ldi.

01

Apple iMac`ning 27” ekrani, shuningdek, kengaytirilgan ranglar qamroviga ega bo‘lib, uning sig‘imi o‘tgan yilgi 5K (5120 × 2880) bilan solishtirganda, o‘zgarishsiz qoldi. Ammo shuning o‘zi ham 14 mlndan ziyod pikselni tashkil etib, standart HD ekraniga qaraganda 7 barobar ko‘proq demakdir.

03

iMac 21,5”ning uskunaviy asosini Intel Iris Pro 6200 grafik protsessori (videokarta) bilan integratsiyalangan Intel Core`ning beshinchi avlod (Broadwell) markaziy protsessor (CPU) oilasi tashkil etadi. Yangi Skylake chiplari “kichik” iMac`ka yetarli bo‘lmadi, biroq iMac 27” monoblokiga dunyodagi ilk “hammasi birda” AMD Radeon R9 bazasidagi videokartalari joylashtirilib, uning yordamida tasvirlar sifati real hayotga yanada yaqinlashtiriladi, shuningdek, 4K hajmli videoo‘yinlar o‘ynash imkoni ham taqdim etiladi.

04

Tashqi ko‘rinishidan qat’i nazar, yangilangan barcha iMac`lar ma’lumotlarni 20 Gbit/s gacha o‘tkazishni ta’minlay oladigan ikkita Thunderbolt 2 chiqish portlari va Wi-Fi 802.11ac moduliga ega. Ma’lumotlarni saqlash uchun esa qo‘shimcha 128 Gbayt SSD (qattiq disk)ga ega 2 va 3 terabaytli gibrid Fusion Drive qattiq diskini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yanada maqbulroq muqobil sifatida 1 Tbay hajmli qattiq disk va 24 Gbayt flesh xotirani tanlash mumkin.

05

Bir vaqtning o‘zida Apple monobloklari bilan ular uchun mo‘ljallangan simsiz aksessuarlar — Magic Keyboard klaviaturasi, Magic Mouse 2 sichqonchasi va Magic Trackpad 2 trekpadining ham yangilangan seriyasi namoyish etildi. Trekpad qo‘l bilan tegib buyruq berish tezkorligi oshirilgan Force Touch texnologiyasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ular ayni paytda MacBook noutbuklarining sensorli paneli va iWatch soatlari ekranida qo‘llanilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!