Apple va Facebook o‘zaro janjallashmoqda

Apple va Facebook o‘zaro janjallashmoqda

Apple inson huquqlari nazorati guruhlariga xabar jo‘natib, yangi iOS 14 tizimiga bir qator maxfiylik cheklovlari kiritilganini ma’lum qildi.

Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Kompaniya o‘z xabarida Facebook «foydalanuvchi maxfiyligiga e’tibor bermagan  holda foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘pla»yotganini ham aytgan.

Kupertinoning bu aybloviga Menlo Park zudlik bilan javob qaytarib, Apple'ning o‘zi muammo yaratib, boshqalar e’tiborini undan chalg‘itayotganini aytdi. Facebook'ning ta’kidlashicha, Apple bozordagi dominant pozitsiyasidan foydalangan holda o‘zining ma’lumotlar yig‘ish amaliyotini o‘zicha yaratmoqda, lekin ayni ma’lumotlarning raqobatchilar tomonidan foydalanilishini deyarli imkonsiz qilib qo‘ymoqda.

Dasturchi va biznes tashkilotlari tayyorgarlik uchun vaqt berilmagani borasida shikoyat qilganidan so‘ng, Apple o‘z platformasida maxfiylik cheklovlari joriy qilinishini 2021-yilgacha kechiktirgan edi. Apple qurilmalaridagi reklama borasidagi o‘zgarishlar «reklamaga tayanuvchi bizneslarni milliardlab dollar daromaddan mahrum qilishi» aytilmoqda.

Facebook'ning aytishicha, Apple'ning maxfiylik borasidagi xavotirlari boshqalar e’tiborini Kupertinoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan chalg‘itishga qaratilgan. Ta’kidlanishicha, Apple innovatsion apparat ta’minoti mahsulotlari o‘rniga foydalanuvchi ma’lumotiga asoslangan dasturiy ta’minot va mediaga e’tibor qaratmoqda.

Apple va Facebook o‘zaro nizolashar ekan, AQSh antimonopol tashkilotlari har ikki kompaniya tomonidan foydalanuvchilar ma’lumoti noqonuniy yig‘ilgan bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan holatlarni sinchikovlik bilan o‘rganib chiqmoqda. Biroq ushbu holatdan har ikki kompaniya zarar ko‘rmoqda: Facebook'ning Apple qurilmalaridan keladigan daromadlari kamayayotgan bo‘lsa, Apple o‘z mijozlari ishonchini yo‘qotmoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qilib chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!