Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

  •   DiMaX
  •  697
  •  11.06.2020 12:59

Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

Fond bozorlarida kompaniyalar qiymatining umumiy pasayishi kuzatilayotgan bir sharoitda yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari bir maromda o‘smoqda. Apple va Microsoft kompaniyalari kapitallashuvi 1,5 trillion dollarga yetgan tarixdagi ilk kompaniyalar bo‘ldi.

O‘QING: Koronavirus Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

Bu voqea NASDAQ birjasidagi navbatdagi savdolar vaqtida yuz berdi, deb yozadi Sof.uz. Bozorda Apple’ning bir dona aksiyasi narxi $352 gacha, Microsoft’niki esa $196 gacha ko‘tarildi.

Shuningdek, boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google’ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Ushbu kompaniyalar pandemiyadan foyda ko‘rdi. Odatiy do‘konlarning yopilishi va elektron tijoratga bo‘lgan talabning ortishi Amazon’ga foydali bo‘ldi, Microsoft texnologiyalari masofaviy ishlayotgan xodimlar uchun qo‘l keldi, Alphabet esa reklamalar ortidan yanada boyidi. Apple’ga kelsak, investorlarning ishtiyoqi, jumladan 5G ayfonning chiqarilishi bilan bog‘liq.

MacRumors nashrining yozishicha, so‘nggi paytlarda Apple o‘z aksiyalarini faol ravishda qayta sotib olmoqda, bu esa kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatining o‘sishiga yordam beryapti.

O‘QING: Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!